Birinçi kungi test natijalari eʼlon qilinadi
Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov Feysbukdagi sahifasida 1-kunda bölib ötgan test natijalari bugun kunning ikkinçi yarmida dtm.uz saytida eʼlon qilinişini maʼlum qildi.
Test sinovlarining birinçi kuni respublikadagi 23 ta oliy taʼlim muassasalarida test jarayonlari bir vaqtda 1-smenada 8.00dan boşlanib, 11.30ga qadar va 2-smenada 15:00-dan boşlanib, 18:30-ga qadar töliq yakunlandi.
Yozning çillasida ota-onalarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida ilk bor test sinovlari UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn körinişida töğridan-töğri yoritildi.
Içki işlar tizimidan 4 963 ta şaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektorlar, 289 ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz ötişiga jalb qilindi.
Test sinovlarini ötkazişga taʼlim muassasalaridan test sinovlari ötkaziş tartib-qoidalari va texnologiyasi böyiça maxsus tayyorgarlikdan ötgan 2 ming 434 nafar guruh nazoratçilari jalb etildi.
Test sinovlarida 23 ta oliy taʼlim muassasalarining 154 ta taʼlim yönalişida
58 ming 985 nafar abituriyent iştirok etdi, turli sabablarga köra 1393 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 255 nafar abituriyent, şundan 179 nafari hududga kiriş joyida uyali telefon, şpargalkalar olib kirişga uringanligi uçun,
76 nafari bino içida şpargalkadan foydalanişga uringanligi uçun test sinovlaridan çetlaştirildi.
Test natijalari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini taʼminlagan holda Davlat test markaziga 18.30-dan qaytariş boşlandi. Sönggi materiallar Farğona vodiysidan keçasi 2:30da yetib keldi.
Yetib kelgan test natijalari böyiça darhol kompyuter yordamida qayta işlaş jarayoni boşlanadi.
Davlat test markazining xodimlari taşqariga çiqmasdan, telefon va boşqa aloqa vositalaridan foydalanmagan hamda test materiallarining maxfiyligini taʼminlagan holda test materiallarini qayta işlaydi.
Şu bilan birga, test sinovlarining 1-kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda göyoki test savollarining taşqariga çiqib ketganligi töğrisidagi xabarlar tarqatilgan. Uşbu holatlar böyiça tegişli maʼlumotlar huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga berildi.
Şuningdek, ayrim binolarda test jarayonlarini onlayn kuzatiş uçun qöyilgan monitorlardagi tasvirlarni uzilib qoliş hollari axborot texnologiyalari sohasining malakali mutaxassislari tomonidan zudlik bilan bartaraf etildi va bunday holatlarga boşqa yöl qöymaslik çoralari körildi.
1-avgust test natijalari 2-avgust kuni kunning ikkinçi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida eʼlon qilinadi.
Respublikada test sinovlari 1-15-avgust kunlariga rejalaştirilgan va taşkil qilingan tizim böyiça işlar davom ettiriladi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

