Samarqanddagi imtihonlarda kameralar bilan bog'liq holat
Yuqoridagi munosabatda kameralar bilan boğliq holatga özim tuşunganimça izoh bermoqçiman:
Demak, binoga örnatilagn kameralar maxsus bazaga tasvirni yozib qoldiradi (zapis qiladi). Bu ertaga apellyatsiya va şikoyatlarni tekşiriş uçun ham kerak. 1800 terrabayt joy aynan şuning uçun kerak bölgan.
Endi xuddi şu tasvirni internetga, Uzdigital TV va köçaga jonli uzatiş ham yölga qöyilgan ekan.
Samarqanddagi holatda kameralar işlagan, bazaga zapis qilavergan, lekin texnik nosozlik sababli jonli efir uzilib qolgan xolos.
Xuddi şu versiyani boşqa manbalarim orqali ham suriştirdim, haqiqatdan şunday bölgan ekan. Bu yerda yolğon yöqligiga men kafil.
Lekin bino içida ayrim abituriyentlarning telefondan foydalanişgani, savollar kitobining çiqib ketganligi masalasini oqlab bölmaydi. Umid qilamizki, ertangi kunlarda nazoratni yanada qattiq kuçaytirişadi. Bunaqa nomaqbul vaziyatlar bitta bölsa ham sodir bölmaydi. Axir örtaga eng qimmat narsa - xalqning işonçi tikilgan!
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

