Samarqandda test sinovlari qanday ötmoqda
Samarqand viloyati hokimining örinbosari Rustam Qobilovning test jarayonlariga munosabati:
Bu yilgi test sinovlari Samarqand şahridagi 5 ta sport majmuasida (SamDU litseyi sport zalida, Pedagogika va sport kollejining sport zalida va bolalar va ösmirlar sport maktabining 3 ta sport zalida) bölib ötmoqda.
Unda bir paytning özida bir smenada 3060 ta, bir kunda esa 6120 ta abituriyent qamrab olinadi. Bu yil xujjat topşirgan abituriyentlar soni esa 55778 tani taşkil etadi.
Samarqandda test sinovlariga juda katta tayyorgarlik körildi, barça sport zallari taʼmirlandi, yangi parta va stullar xarid qilindi, zallarda möʼtadil havo haroratini saqlab turiş maqsadida 42 ta yuqori quvvatda işlovçi konditsionerlar örnatildi.
Natijada, zallarda havo harorati 25 darajani taşkil etmoqda.
Ota-onalar uçun tabiiy soya-salqin joylardan kutiş joylari taşkil qilindi hamda salqin içimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi taşkil qilindi.
1-avgust kuni ertalab kompyuterlaştirilgan tizim serveri bilan monitor orasidagi masofa uzoqligi va kuçlaniş yuqoriligi sababli Samarqand tibbiyot kolleji hovlisida taşkil qilingan ota-onalar kutiş joyidagi 5x4 metr hajmdagi led-monitor orqali test jarayonini namoyiş qiliş çeklandi.
Şunga qaramasdan zallarga test sinovi jarayonini tasvirga tuşiriş maqsadida örnatilgan barça kameralar uzluksiz işlab turdi.
Ota-onalar örtasida turli xil miş-mişlarning va noroziçiliklarning oldini oliş maqsadida ota-onalardan iborat “Jamoatçilik nazorati” guruhi taşkil etildi va 28 nafar ona-onalar test ötadigan binolarga borib, abituriyentlarga halaqit bermagan xolda jarayon bilan tanişdilar, kameralar işlaşini öz közlari bilan kuzatişdi.
Şu orada kompyuter tizimidagi nosozlik bartaraf etildi va kameralar monitorlarga ulandi. Ota-onalar ötirgan joyida 3 ta 5x4 metr hajmdagi led-monitorlarda töğridan töğri uzatildi.
Kuning ikkinçi yarimida bizda barça kamera va monitorlar kamçiliksiz işladi.
Internetda bugun testda bölgan abituriyentlar tekşirib kiritiş qattiq emasligi, nazorat posti 1 ta ekanligini yozişgan.
Asosiy nazorat posti haqiqatdan 1 ta. Unda 17 ta yaqindagina xarid qilingan metallodetektor ramka örnatilgan. Agar biz yana bir post qöyadigan bölsak (abituriyent uçun sunʼiy tösiq) abituriyent ortiqça stressga tuşib hayajonlanişi turgan gap. Biz bunda ularni imtihondan oldin qiyin ahvolga solgan bölamiz.
Şu fursatdan foydalanib, biz bölib ötgan texnik nosozlik uçun ota-onalardan uzr söraymiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

