Kontrakt puli oşirilmasligi haqidagi xabarlar yolğon

Matn2-avgust, 2018, 09:331 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Kontrakt puli oşirilmasligi rostmi?

31-iyul kuni Telegramdagi soxta «Davlat test markazi» degan kanalda «Yangi öquv yilida oliy öquv yurtlarida öqiş uçun kontrakt puli oşmaydi» degan xabar çiqdi.
Göyoki Kun.uz naşri bergan maʼlumot, deya tarqatilgan uşbu xabarni öqib, köpçilik aniqlik kiritişimni söraşmoqda.

❗️Mazkur xabar haqiqatga mos emas va bu ötgan yili çiqqan xabarning qayta işlangan soxta varianti.

Kun.uz saytida uşbu xabar 2017-yil 17-avgust kuni çiqqan edi va 2017/2018 öquv yilida kontrakt oşmasligi haqida maʼlum qilingan.

Şov-şuv ilinjida har qanday yolğonni töqiydiganlar esa, öşa xabarni olib “2017/2018” degan joylarini “2018/2019” deya özgartirib, qayta eʼlon qilişmoqda.

Şu sababli eng avvalo soxta kanallarga aʼzo bölmang, ikkinçidan har qanday xabarga işonib ketavermaslik lozim, xabarlarni asosiy manbadan qayta tekşirib oling.

Mayli, hammaga Alloh özi insof bersin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek