IIV Kattaqörğondagi voqea yuzasidan munosabat bildirdi
Içki işlar vazirligi Kattaqörğon voqeasi böyiça rasmiy munosabat bildirdi.
Rasmiy munosabat
Heç bir jamiyatda inson qadr-qimmati tahqirlanmasligi, har qanday şaroitda ham inson şaʼni qadrlanişi, uning huquqlari töla kafolatlanişi belgilangan. Lekin, baʼzi bir nopok xodimlar tomonidan qonun buzilişi holatlari sodir etilayotgani juda ham açinarli.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaro T.N. ga nisbatan sodir etilgan nojöya xatti-harakatlar yuzasidan ötkazilgan tekşiruv natijalariga köra, holat Samarqand viloyatining Kattaqörğon şahar Içki işlar bölimi jinoyat qidiruv bölimi tezkor vakili kapitan Sanʼat Umarov tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Bugungi kunda Sanʼat Umarov içki işlar organlaridan salbiy harakatlari uçun böşatilgan. Holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Içki işlar vazirligi rahbariyati tomonidan bunday salbiy holatlarni aniqlaş, oldini oliş va içki işlar organlari saflarini nopok, tasodifan kirib qolgan xodimlardan tozalaş maqsadida, doimiy ravişda keskin çoralar körib boriladi.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi
P.S.: Rostini aytsam men Içki işlar vazirligidan xalqdan uzr söraşini kutgandim. Heç bölmasa şunga yaqinroq mazmundagi matn bölsa kerak degandim. Yöq, hatto yaqin ham yölaşmabdi. Yaponiyada muzqaymoqning narxini 1 tsent kötarişgani uçun butun boşli kompaniya vakillari jamoatçilik oldiga çiqib, keçirim söraydi. Bizda esa bir ayolni qip-yalonğoç qilgan xodim uçun vazirlik xalq oldida aybdorlik hissini tuymaydi, bir oğiz uzr sörab qöymaydi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
