Oltiariqda 5 yoşli qizçaning ölimi böyiça sud davom etmoqda

Matn1-iyun, 2018, 13:051 daqiqa0 koʻrish

Farğona viloyati Oltiariq tumanida fevral oyida 5 yoşli qizçaning yöqolişi va keyinçalik uning jasadi topilgani holati böyiça sud muhokamasi davom etmoqda.

Dastlabki tergov natijasiga köra, Qöştepa tumanida yaşovçi 1998-yilda tuğilgan Akmal Abdurahmonov Oltiariq tumani Poloson mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi 5 yoşli Kibriyo Ğofforaliyevani 2018-yil 5-fevral kuni özi qatnaydigan 6-maktabgaça taʼlim muassasasidan çiqib ketayotganida öğirlagan. U özining velosipedida Oltiariq tumani Tinçlik mahallasi hududidan ötgan Toşkent-Marğilon-Andijon yönalişidagi temir yölning 244 kilometr 6-piketida atrof qoronğu bölişiga qaramay, qizçani qarovsiz holda taşlab ketgan.

Qarovsiz qolgan K.Ğofforaliyeva temir yöldan ötib borayotgan 62- poyezdning börtib çiqqan qismlariga urilib, hayoti uçun xavfli bölgan köplab tan jarohatlari olişi oqibatida voqea joyida vafot etgan. Içki işlar idoralari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv davomida mazkur jinoyatni sodir etgan A. Abdurahmonov qölga olingan.

Sudlanuvçi tegişliça Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam öğirlaş) va 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) jinoyatlarini sodir etganlikda ayblangan.

Sudlanuvçi A.Abdurahmonovga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. [UzA]

Tez orada sud hukmi çiqib qolsa kerak.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek