Qarindoşlar örtasidagi nikohning ayançli oqibatlari

Matn1-iyun, 2018, 09:551 daqiqa0 koʻrish

​​Feysbukning avvalgi yillardagi postlarni eslatib turişi yaxşi. Mana bu 2016-yildagi postim ekan:

Bugun 1-iyun, “Xalqaro bolalar kuni”.

Mazkur sana munosabati bilan barça-barça bolajonlarni (18 yoşgaça bölgan barçani) tabriklayman. Maksim Gorkiy aytganidek, bolalar - hayot gullari!

Şu örinda, bir gap – qarindoşlar örtasida nikoh qurmaslik va bunday nikohga doim qarşi böliş kerak ekan. Mazkur gaplarni bolalar kuniga nima aloqasi bor dersiz? Hozir tuşuntiraman.

Yaqinda Quvasoy tumaniga taşrif buyurganimizda bizni karlar maktabiga olib borişdi. Aslida bu yerdagi bolajonlar kar-soqovlar ekan. Ammo soqovlik karlikning oqibati bölgani uçun, maktabni kar-soqovlar maktabi emas, karlar maktabi deb ataşarkan. Buning ustiga “kar-soqovlar maktabi” juda qöpol eşitiladi.

Ammo mazkur maktab bolajonlari butunlay soqov emaskanlar. Maktabning jonkuyar, fidoiy öqituvçilari ularga oz-moz gapirişni örgatişgan, ayrim sözlarni qiynalib bölsa-da talaffuz qilişarkan. Masalan, ism-familiyasi, otasining ismi, tuğilgan joyi, manzili, “Assalomu alaykum”, “Rahmat” kabi sözlarni ayta olişadi. Biroq öqituvçilarning aytişiça, ular şunçaki ovoz çiqarişadi, lekin nima deyişayotganini anglaşmas ekan.

Xullas, mazkur maktab bolajonlari kitob öqişni sevişlarini hisobga olib, ularga kitoblar sovğa qildik.

Maktab direktorining bizga maʼlum qilişiça, karlar maktabida tahsil olayotgan bolajonlarning 70-80%i aynan yaqin qarindoşlar örtasida qurilgan nikohlarning qurboni ekan. Va bu keyinçalik nasl ham surarkan.

Ilohim, har kimning farzandi soğ-salomat bölsin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek