Özbekiston poçtasi yangi innovatsion xizmatni işga tuşirdi

Matn30-may, 2018, 22:091 daqiqa0 koʻrish

​​«Özbekiston poçtasi» yangi direktor boşçiligida öta «innovatsion» loyihani işga tuşiribdi.

Siz poçtaning elektron poçtasiga xat yuborasiz, ular esa Sizning xatingizni oçib, ÖQIB, printerda çop etib, keyin xatda körsatilgan manzilga olib borib berişarkan.

Ey, voh, innovatsiyaning ahvolini qarang! Bu xizmat kimga kerak? Bugungi zamonaviy dunyoda şunaqa xizmatni taklif qilgan «kalla»ga al-qoyil! «Özbekiston poçtasi»ning yangi rahbari «Rossiya poçtasi» kompaniyasida amalga oşmaydigan loyihalarni deb millionlab dollarlarni kökka sovurgani bejizgamas şekilli.

Menimça, poçtamizning keyingi «innovatsion» loyihasi quyidagiça böladi:

Siz poçtaga qoğozda çop etilgan yoki qölda yozilgan xat yuborasiz, poçtadagilar esa uni kompyuterda terib çiqişadi va siz körsatgan odamning elektron poçtasiga yuborişadi 😂

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek