Ohangaron tumani DSEM boş vraçi pora bilan qölga tuşdi
Ohangaron tuman Davlat sanitariya epidemiologiya markazi boş vraçi M.U. öz qöl ostidagi xodimidan pora olgan vatqda qölga olingan.
Ohangaron tuman bandlikka kömaklaşiş markazining yöllanmasi asosida Ohangaron tuman Davlat sanitariya epidemiologiya markazining vakant bölib turgan töliq stavkadagi “Tibbiy statist” lavozimiga yuborilgan fuqaro S.A.ni boş vraç M.U. aynan şu lavozimga emas, balki 0,75 stavkadagi bola parvarişlaş taʼtilida bölgan xodimning örniga “Dezinfektor” lavozimiga işga qabul qilgan.
Keyinçalik M.U. xodimni xizmat xonasiga çaqirib, “Tibbiy statist” lavozimiga ötkazib qöyiş uçun 300 AQŞ dollari berişini talab qiladi. Aks holda işdan böşatib yuboriş va örniga boşqa xodim oliş bilan tahdid qiladi. Pora tariqasida talab qilingan pulni olib kelavermagaç, xodim bilan “attestatsiya” şaklida savol-javob ötkazib, undan öta olmaganligini aytadi va 2018-yil 1-mart kuniga qadar yoki 300 AQŞ dollarni, yoki işdan böşaş töğrisidagi ariza olib kelişni aytgan.
Xodimning şikoyatiga asosan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomondan tezkor tadbir ötkazilib, Boş vraç M.U. 300 AQŞ dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Jinoyat işlari böyiça Ohangaron tumani sudining hukmi bilan M.U.ga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


