Namangan yuridik kolleji direktori haqorat uçun jazolandi

Matn30-may, 2018, 14:261 daqiqa0 koʻrish

Namangan şahar jinoyat işlari böyiça sudi Namangan yuridik kollejining direktori vazifasini vaqtinça bajarib kelayotgan Nodira Mirzaolimova ustidan hukm öqidi.

Unga köra, Namangan yuridik kollej direktori vazifasini bajaruvçi Nodira Mirzaolimova qöl ostidagi öqituvçilarni haqorat qilganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan jarima belgilandi.

Maʼlumotlarga köra, muqaddam N.Mirzaolimovaga nisbatan Namangan quriliş va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida maʼnaviyat işlari böyiça direktor örinbosari lavozimida işlab yurgan bir vaqtda hamkasbini haqorat qilganligi uçun maʼmuriy jazo qöllanilgan edi.

U yangi lavozimida ham uşbu işlarni davom ettirib, Namangan yuridik kolleji öqituvçilarini katta umumiy yiğilişlarda bir neça marotaba beodoblik bilan, uyatli sözlar bilan haqorat qilib, millatçilik qilib, şaʼni va qadr-qimmatini qasddan tahqirlagan.

Mazkur holat yuzasidan 2017-yilning 15-noyabrida Namangan şahar IIB huzuridagi TB tomonidan Namangan yuridik kolleji direktori vazifasini bajaruvçi N.Mirzaolimovaga nisbatan JKning 140-moddasi 1-qismi (haqorat qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Qayd etiş kerakki, uşbu holatlar böyiça öqituvçilar Namangan şahar va Namangan viloyati prokuraturasiga murojaat etişgan, lekin jinoyat işi Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga murojaat etilganidan keyin qözğatilgan.
[Xabar.uz]

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek