Beş narsani ğanimat biliş haqida hadis

Matn26-aprel, 2021, 03:591 daqiqa0 koʻrish

#hadis #ramazon

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Payğambar sollallohu alayhi va sallam şunday dedilar:

«Beş narsadan oldin beş narsani ğanimat bil: qarib-qartayişingdan oldin öspirinligingni, kasalingdan oldin soğligingni, kambağalligingdan oldin boyligingni, maşğulligingdan oldin böşligingni, hamda ölimingdan oldin hayotingni».

Hokim rivoyat qilgan.

Darhaqiqat, Payğambar sollallohu alayhi va sallamdan vaqtning ahamiyati, uni ğanimat biliş va zoye qilmaslikka tarğib, hamda banda qiyomat kuni u haqida masʼul ekanini bayon qilişlik haqida köplab hujjatlar vorid bölgan.
Keça va kunduzlar insonning bu hayotdagi dastmoyasi. Uning foydasi jannat, ziyoni dözax. Yil daraxt, oylar novdalari, kunlar şoxlari, soatlar barglari, nafaslar esa samaralaridir. Kimning nafaslari Allohning toatida bölsa, uning samarasi yaxşi, muborak, totlidir. Kimning nafaslari Allohning maʼsiyatida bölsa, uning mevasi yomon, bemaza, aççiqdir.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobi asosida.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek