Avtomaşinalar sotuvidagi şubhali takliflar haqida
Manba:Xushnudbek.uz
Avtomaşinalarning sotuvi haqida qisqaça
Juda köpçilik menga savol yöllab, boşlanğiç badalsiz, foizsiz bölib-bölib tölaş şarti bilan uzoq muddatga (60-70 oy) juda ham jozibador körinişda avtomaşinalar sotişni vaʼda qilayotgan ayrim firmalar paydo bölganini, ularga işoniş mumkin yoki yöqligini söraşmoqda.
Oçiği men bunday firmalarga işonmayman, heç qaçon işonmaganman va bundan keyin ham işonmasam kerak. Tekin pişloq - faqat qopqonda böladi. Yoki arzonning şörvasi tatimas, deyişadi.
Ularning faoliyatida moliyaviy piramidaning unsurlari bor.
Ha, dastlabki mijozlar haqiqatdan öşa maşinalarni olişadi, ha, boşida barçasi köngildagidek, sip-silliq ketadi. Hattoki katta şov-şuvlar qilişadi, barçasi işonçli ekanligini işontiriş uçun videolar, rasmlar tarqatişadi. Lekin bunday moliyaviy firibgarliklarda doim örtadagi va oxirgi mijozlar puliga kuyib qolişadi.
❗️Hozir öşa firmalar maşhurlikning eng çöqqisiga çiqqan payti, odatda amaliyotda köp kuzatiladi, mana şunaqa paytda firmalar pullarni maksimal yiğib olib, qoçib ketişadi. Qoğozda direktor qilib qöyilgan bitta vakil javobgarlikka tortiladi va qamalib, 2-3 yilda qaytib çiqadi. Lekin odamlardan olingan milliardlab pullarni heç kim qaytarib bermaydi. Heç kim! Bunaqangi jinoiy işlar ilgari ham köp bölgan.
Şu sababli, bu kabi takliflarga unçalik ham işonib qolmaslikni tavsiya qilaman. Ulardan maşina sotib olişdan oldin, yaxşi iqtisodçi va moliyaçilarning maslahatini oling. Katta işonç bilan aytamanki, ular ham bu kabi firmalarga işonmaslik kerakligini aytişadi.
Agar imkonim va böş vaqtim bölsa, ularning takliflari haqiqatdan yiroq ekanligini batafsil tuşuntirib, maqola yozişga harakat qilaman.
Salomat böling.
👉 @xushnudbek 👈

