Asakada elektr uzilişi sababli futbol muxlislari murojaati
Manba:Kun.uz | Расмий канал
Aytvoringlar, Yaponiyaga gol urdikmi?!
“Köz tegmasin”, biz yaşayotgan Asaka tumanida har kuni kamida ikki mahal svet öçadi va har safar 2-3 soat davomida elektr energiyasi uziladi. Ayniqsa şom payti, hamma ovqatga uringan paytda öçirilişini qanday tuşunişni bilmaymiz. Mana, bugun 17-yanvar Özbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan öynaşi kerak. Hamma bu öyinni intizorlik bilan kutayotgan bir paytda bizda “svet” yöq . Dardimizni kimga aytişni bilmaymiz.
Muhtaram “Kun.uz” va “Tribuna.uz” vakillari!
Sizlardan iltimos, öyindagi holat, urilayotgan gollar töğrisida tezkorlik bilan yozib boringlar. Biz telefonimizning quvvati borida vaziyatdan boxabar bölib turaylik.
Futbolning, terma jamoamizning bir guruh asakalik muxlislari.

