Dilşod Raximov Departament boşliği etib tayinlandi
Manba:Bosh prokuratura
YANGI TAYINLOV
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-yanvardagi Farmoniga asosan Raximov Dilşod Faxriyeviç Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği lavozimiga tayinlandi.
D.Raximov 1978-yilda tuğilgan, maʼlumoti oliy, huquqşunos. 2002-yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Yuridik fanlar nomzodi.
Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2010-yilda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Departamentda boşlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012-yildan Boş prokuratura bölim prokurori, katta prokurori, boşqarma katta prokurori, boşqarma boşliği örinbosari, boşqarma boşliği, Departament boşliğining birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avval Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği vazifasini bajaruvçi lavozimida işlagan.
- 👍 1

