Özbekiston futbol terma jamoasining tarixiy mağlubiyati
Tarixdagi eng şarmandali natija
Özbekiston öz tarixida birinçi marta Jahon çempionati saralaşining uşbu bosqiçida qolib ketmoqda. Ilgari har doim bu bosqiçdan ötgan edik. Qolganlar yuksaliş sari qadam taşlasa, biz aksinça kundan-kun botqoqqa botib ketaveramiz.
Bir hisobdan şarmanda murabbiy Abramov boşçiligidagi terma jamoa yigitlariga katta rahmat, bizni 1 yil asabbuzarliklardan asrab qoldi. Baraka topinglar, butun xalqni öylaydigan jonkuyar futbolçilar asli şunaqa bölişi kerak.
Yana va yana qaytaraman: professional futbol klublarga byudjetdan beriladigan yuz milliardlab mablağlarga rozi emasman, bizning futbol şunçaki tekinxörlar makoniga aylanib qolgan. Undan köra, şu pullarni maktab qurişga sarflasak, millat kelajagi uçun köproq foyda bölardi.
👉 @xushnudbek 👈


