Surxondaryolik muhojir qişloğidagi muammolar haqida
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Manba:KUNDALIK
Rossiyada işlayotgan öquvçilarimizdan biri öz oilasining, qişloqdoşlarining yaşaş şaroiti haqida tahririyatimiz poçtasiga yozib yuboribdi.
«Assalomu alaykum! Saytga gap yöq, işlaringga omad!
Mening oilam Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobomurod Omonov QFY, «Yangiyöl» mahallasida istiqomat qiladi. Hozir özim Moskvadaman, umrim şu yerda ötayapti.
Men öz oilam, qişloqdoşlarim töqnaş kelgan muammo haqida yozmoqçiman. Saytda çiroq masalasini köp kötaryapsizlar, lekin heç Surxondaryo bilan qiziqib körganmisizlar?
Sovuq tuşdi, «svet» yana eski hunarini boşladi! Gaz — yöq, ötin — yöq, içimlik suvi-ku umuman bölmagan — allaqayerlardan taşib kelamiz, yöl — dabdala: qişda loy, yozda tuproq! Simyoğoçlarning ahvoliga maymunlar yiğlaydi! Bizning köçaga qöyilişi kerak bölgan simyoğoçlar, elektr tarmoqlari kattakonning köçasiga örnatildi!
Men bu yerda issiqqina kvartirada mazza qilib yaşab yuribman, lekin bolalarimni ahvolini öylab ezilib ketyapman! Kun sovişi bilan farzandlarimizning burni oqişdan töxtamaydi. Bu sovuqda qanday yaşaş kerak?
Biz ham soliq va kommunal tölovlarni tölaymiz. Bizda ham Özbekiston Respublikasi fuqarosi, deb yozilgan yaşil pasport bor, lekin Özbekistonda şaharliklarda mavjud oddiy maişiy şaroitlar qişloqliklarda nega yöq? Heç bölmasa çiroqni öçirişmasin, boşqasini özimiz eplaymiz, eplayapmiz.
Qani adolat? Şuyam hayotmi? Biror rahbar yo jurnalist borsa — öçirişmaydi: «mana, bizda hammasi zör», deb.
Iltimos, şu masalani kötaringlar. Mutasaddilar öqisin, minglarni qiynayotgan muammoni bartaraf etib berişsin…»

