Oliy toifali pedagoglarga uy-joy sotib oliş uçun subsidiya beriladi
❗️Oliy toifali pedagoglarga uy-joy sotib oliş uçun subsidiya beriladi
Bu böyiça Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
💰 Unga köra, 2026-yildan boşlab kamida 15 yil iş staji va oliy malaka toifasiga (boş öqituvçi lavozimiga) ega, 60 yoşgaça bölgan pedagoglarga qayta moliyalaştiriladigan ipoteka krediti uçun boşlanğiç tölovning 25 foizini byudjetdan qoplab beriş tartibi joriy etiladi.
ℹ️MUHIM MAʼLUMOT: taʼlimning barça bosqiçidagi taşkilotlarda, jumladan, maktab, akademik litsey, texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari, oliy taʼlim taşkilotlarida işlayotgan pedagoglar subsidiya olişi mumkin.
🏡 Subsidiya birlamçi uy-joy bozoridan kvartira sotib oliş uçun ajratiladi. Buning uçun byudjetdan har yili 200 mlrd sömgaça mablağ yönaltiriladi.
📍Bunda subsidiya ariza beruvçining doimiy yaşaş joyidagi uy-joylarni xarid qiliş uçun ajratiladi. Yagona istisno: Toşkent şahrida yaşovçilarga Toşkent viloyatidagi uylarni xarid qilişga ham subsidiya beriladi.
📥 Arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona portal (my.gov.uz) orqali bepul qabul qilinadi.
🔍 Ariza beruvçining quyidagi maʼlumotlari tekşiriladi:
🔹 ariza beruvçi va uning turmuş örtoği örtasida rasmiy nikoh tuzilgani;
🔹 ular nomida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud emasligi;
🔹 kamida 15 yil iş stajiga egaligi va ayni vaqtda faoliyat yuritayotgani;
🔹 oliy malaka toifasiga egaligi;
🔹 kredit tarixi banklar talablariga mosligi;
🔹 avval er-xotindan biri uy-joy uçun subsidiya olmagani.
👉 @xushnudbek 👈

