Ayrim tibbiyot xodimlariga uy sotib oliş uçun subsidiya beriş tartibi belgilandi
❗️Ayrim tibbiyot xodimlariga uy sotib oliş uçun subsidiya beriş tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga köra, fuqaro röyxatdan ötkazilgan hududidan qatʼi nazar, istalgan hududdan subsidiya dasturi doirasida birlamçi uy-joy bozoridagi xonadonlarni ipoteka krediti asosida sotib olişi mumkin.
Subsidiya oliş uçun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojaat qiliş mumkin. Ariza beruvçini baholaşda quyidagilar tasdiqlanişi şart:
🔹 amalda davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgani;
🔹 davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil iş stajiga ega ekanligi.
Subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat bir marta beriladi.
🗒 Tanlov onlayn tarzda ötkaziladi. Bunda mezonlarga töliq mos keladigan iştirokçilar orasidan har çorak uçun belgilangan kvota doirasida 125 nafar ğolib avtomatik tasodifiy tanlaş imkonini beruvçi maxsus veb-saytlar orqali aniqlab olinadi.
👉 @xushnudbek 👈


