Texnikum bitiruvçilari uçun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boşlandi
❗️Texnikum bitiruvçilari uçun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boşlandi
#abituriyent
Bugun, 5-iyuldan boşlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar uçun oliy taʼlim taşkilotlarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga suhbat asosida 2-kursdan öqişga qabul qiliş jarayoni boşlandi.
Arizalar 25-iyulga qadar (şu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topşiriladi. Röyxatdan ötiş jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat şaxsni tasdiqlovçi maʼlumotlarni kiritiş kifoya bölib, zarur maʼlumotlar tizim tomonidan avtomatik ravişda şakllantiriladi.
❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi?
Uşbu toifaga texnikumdagi öqiş davrida öquv semestrlari yakuniga köra özlaştiriş baholari 5 (aʼlo) va 4 (yaxşi) bölgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (aʼlo) (tibbiyot yönalişlarida kamida 85 foizi) bölgan bitiruvçilar kiradi.
❓Kimlar talabalikka tavsiya etiladi?
Suhbat natijalariga köra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholaş varaqasida suhbat komissiyasi aʼzolari qöygan ballarning örtaça körsatkiçi 67 ball va undan yuqori bölsa, abituriyent suhbatdan ötgan hisoblanadi hamda tölov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi.
ℹ️ Maʼlumot uçun, uşbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylaştirilgan taʼlim muassasalari, Toşkent davlat yuridik universiteti, şuningdek Özbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.
📋 Texnikum bitiruvçilari OTMlarning 2-bosqiçidan öqişni davom ettirişi mumkin bölgan öz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yönalişlari röyxati bu yerda.
👉 @xushnudbek 👈



