Ertaga texnikum bitiruvçilari uçun suhbat asosida 2-kursga qabulga arizalar topşirişning oxirgi kuni
❗Ertaga, 25-iyul kuni suhbat asosida talabalikka 2-kursdan qabul qilinadigan texnikum bitiruvçilari uçun arizalar topşirişning oxirgi kuni
#abituriyent
Amaldagi tartibga köra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga suhbat asosida 2-kursdan öqişga qabul qiliş imkoniyati taqdim etilgan.
Arizalar 25-iyulga qadar (şu kuni ham) my.edu.uz platformasida onlayn röyxatdan ötiş kerak. Röyxatdan ötişda bitiruvçilardan diplomining asl nusxasi talab etilmaydi va ular faqat şaxslarini tasdiqlovçi maʼlumotlarni kiritsa kifoya, barça zarur maʼlumotlar avtomatik tarzda özi çiqib keladi.
Ayni daqiqalargaça tizim orqali 8 ming 553 ta ariza kelib tuşgan.
❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi?
Texnikumdagi butun öqiş davrida öquv semestrlari yakuniga köra özlaştiriş baholari 5 (aʼlo) va 4 (yaxşi) biroq özlaştiriş baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uçun kamida 85 foizi) 5 (aʼlo) bölgan bitiruvçilar kiradi.
❓ Kimlar talabalikka tavsiya etiladi?
OTM komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etiş varağiga asosan Suhbat komissiyasining iştirok etgan aʼzolari tomonidan qöyilgan ballarning örtaçasi 67 ball va undan yuqori bölganda abituriyent suhbatdan ötgan hisoblanadi hamda tölov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi.
👉 @xushnudbek 👈

