Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

10-sinfni tugatganlar öqişga tavsiya qilinibdi, endi nima qilişi kerak?

Foto22-avgust, 2023, 13:152 daqiqa0 koʻrish

❓10-sinfni tugatganlar öqişga tavsiya qilinibdi, endi nima qilişi kerak?

✅ JAVOB: heç narsa, maktabda öqişini davom ettirişi kerak.

Ertalab 11-sinfni tugatmasdan öqişga topşirganlar yetarli ball olgan bölsa ham, talabalikka tavsiya etilmaganini maqtab yozgandik. Şundan söng köplab xabarlar oldik, 10-sinfni tugatiboq öqişga topşirgan önlab, balki yuzlab abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan holati ham bor ekan.

"Endi biz öqisak böladimi?" deyişmoqda. Yöq, öqiy olmaysiz. Qonunçilik böyiça talaba böliş uçun albatta maktab şahodatnomasi yoki litsey diplomi kerak. Bular bölmasa, talaba bölişning sira iloji yöq.

Albatta, ming afsuslar bölsinkim, hali 11-sinfni tugatmasdan öqişga topşirib, yetarli ball olganlar kasriga endi bir neçta grant va kontrakt örinlari böşab qoladi (tizimning xatoligi bu) hamda haqiqiy abituriyentlarga jabr böladi.

Ammo bu yerda öquvçilarni ayblaşdan yiroqman. Şunçaki, bir neça yildan buyon şu muammo bölsa ham bunga aqlli, texnologik yeçim topa olmayotgan masʼul taşkilotlar aybdor.

Demak, maktab va litseylardagi öquvçilarning aniq elektron hisobi yöq, bölsa ham ularning bazasi oxirigaça integratsiya qilinmagan, filtr oxirigaça yaxşi işlamagan. Yaʼni 10-sinfni tugatib öqişga topşirgan abituriyentlarni töliqligiça aniqlay olişmagan.

Bu yerda xatolik Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidan ötganmi yoki Maktabgaça va maktab vazirligidanmi, bunisi menga qoronğu. Lekin fakt şuki, masʼullar bir neça yillik muammoga haligaça yeçim topa olişmabdi. Afsus.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek