Pedagoglar va iqtidorli öquvçilar har yili 12 kunga dam oliş maskanlariga yuboriladi
🏖 Pedagoglar va iqtidorli öquvçilar har yili 12 kunga dam oliş maskanlariga yuboriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bu böyiça nizom tasdiqlandi.
🗓 Unga köra, dam oliş maskanlariga yöllanmalar yil davomida berilib, u yerda dam oliş 12 kunlik kun tartib asosida amalga oşiriladi.
Dam oliş har yili quyidagi muddatlarda taşkil etiladi:
🔹 Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tizimi xodimlari va ilğor pedagoglar uçun – sentyabr-may oylarida;
🔹 iqtidorli öquvçilar uçun – iyun-avgust oylarida.
Har bir hududda dam oluvçilarni saralaş uçun komissiyalar taşkil etiladi.
✔️ Komissiyalar tomonidan maskanlarga 7-14 yoşli iqtidorli öquvçilar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi.
Şuningdek, dam oliş maskaniga quyidagi ilğor pedagoglar tanlab olinadi:
▪️ xalqaro olimpiadalar ğoliblarini tayyorlagan öqituvçilar;
▪️ öqituvçi bölib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar ğoliblari;
▪️ xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi böyiça xalqaro sertifikatlarga ega öqituvçilar;
▪️ asosiy olimpiadalarning respublika bosqiçi ğoliblarini tayyorlagan öqituvçilar;
▪️ respublika bosqiçidagi körik-tanlovlarda faxrli örinlarga ega bölgan öqituvçilar;
▪️ oliy va 1-malaka toifasiga ega boşlanğiç sinf öqituvçilari, maktabgaça taʼlim taşkilotlari pedagoglari;
▪️asosiy olimpiadalarning viloyat bosqiçi ğoliblarini tayyorlagan öqituvçilar.
Belgilangan mezonlar böyiça dam oluvçilarga ketma-ketlik asosida yöllanmalar beriladi.
👉 @xushnudbek 👈

