Pedagoglar uçun imtiyozlar eʼlon qilindi!
❗️Pedagoglar uçun imtiyozlar eʼlon qilindi! Ipoteka kreditidan tortib, farzandining kontraktiga çegirmagaça!
Şavkat Mirziyoyev pedagoglarni yanada qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yangi taşabbuslarni ilgari surdi:
➖ yangi yildan boşlab kamida 15 yil stajga ega bölgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boşlanğiç badalining 25 foizi qoplab beriladi;
➖ kelgusi öquv yilida davlat oliygohlariga öqişga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz çegirma beriladi;
➖ öqituvçilar yangi taʼlim texnologiyalarini keng qöllaşi uçun kompyuter xaridiga 10 million sömgaça imtiyozli kredit ajratiladi;
➖ kelasi yildan pedagoglar uçun davlat xizmatlari tölovi 2 karra kamaytiriladi;
➖ fan öqituvçilari kabi boşlanğiç taʼlim öqituvçilari uçun ham milliy sertifikat beriş tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama tölanadi;
➖bakalavr bosqiçini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga işga kirganlarga avtomatik ravişda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;
➖ dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga öqişga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargaça imtiyozli taʼlim krediti ajratiladi;
➖ reytingda 100 talikka kirgan maktab va boğça, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Özbekiston böylab sayohat qiliş uçun samolyot va poyezdlar çipta narxlariga 15-20 foiz çegirma beriladi.
👉 @xushnudbek 👈



