22-fevral, yakşanba (4-kun): Maddohlik haqida
22-fevral, yakşanba (4-kun)
Iftorlik vaqti: 18:09 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
MADDOHLIK
Ortiqça va noörin maqtov maddohlikdir. Biror mansab yoki manfaat ilinjida odamlarni yuziga maqtovçi, asli yöq, haqiqatga zid va botil narsalarni tarğib qiluvçi maddoh deb ataladi.
Bu iş maqtalgan kişining kibrga berilib ketişiga va bosar-tusarini bilmay, axloqan buzilişiga olib boradi. Natijada bunday odam halokatga uçraydi va bora-bora odamgarçilikdan çiqadi. Şuning uçun şariatimizda maddohlikdan tiyiliş buyurilgan.
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kişining boşqa birovni maqtab, maddohlik qilayotganini eşitib qoldilar va: «Öşa odamni halok qildilarng yoki belini uzdilaring», dedilar».
Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar.
Kişini yuziga maqtaşning foydasi ham, xatari ham bor: agar maqtalayotgan kişi komil iymonli, işonçli, riyozatli, maʼrifatli bölsa va maqtovdan fitnalanmasa yoki ğururga ketmasa, maqtov harom ham, makruh ham bölmaydi. Aksinça bölsa, kişini yuziga maqtaş qattiq makruh böladi.
Sunnatga köra, agar bir kişini maqtaşga töğri kelib qolsa, «u şunday fazilatlarga ega bölsa kerak, deb öylayman, agar u şu sifatlarga ega bölsa, «Uning kifoyaçisi Allohdir, Alloh oldida biror kişi aybsiz emas», deyiş kerak.
Odamlar darajalariga qarab maqtovni turliça qabul qilişadi:
Avom kişilar maqtovdan yayrab, xursand bölişadi, maddoh aytayotgan fazilatlar özlarida mavjudligidan faxrlanib, kibrlanişadi, maqtovçini özlariga döst tutişadi.
Obidlar maqtovdan iloji boriça qoçişga harakat qilişadi, u egallab qolmasligi uçun qalblarini ihotalab olişadi.
Oriflar esa bunday hollarda «Agar Alloh ayblarimni berkitmaganida, odamlar faqat fazilatlarimni körib, meni maqtaşmasdi, demak, bu maqtovlar Allohga tegişlidir» deb fikrlaydi va barça maqtovlarni Parvardigoriga havola etadi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 7 Telegram Stars


