Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

27-fevral, juma (9-kun): Taom yeyiş odoblari

Matn27-fevral, 2026, 17:522 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

27-fevral, juma (9-kun)
Iftorlik vaqti: 18:15 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

TAOM YEYIŞ ODOBLARI

Taom suyanib, yonboşlagan holda yeyilmaydi.

Avvalo, bu iş beodoblik, madaniyatsizlikdir. Qolaversa, yonboşlab yotgan odamning taom yuradigan aʼzolari – içaklari, qorni, oşqozoni noqulay holga kelib, faoliyati sustlaşadi. Binobarin, u yegan taomning oşqozonda qayta işlanişi, hazm bölişi qiyinlaşadi. Oqibatda inson soğliğiga zarar yetadi.

Abu Juhayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Men suyangan holimda yemayman», dedilar».

Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilganlar.

Taom yeb bölinganidan söng Alloh taologa hamd aytib, duo qilinadi.

Yeb-içgandan keyin şukr qilib, hamd aytişda Alloh taoloning yolğiz Özi rizq beruvçi Zot ekanini eʼtirof qiliş bor. Şu bilan birga, bu işda Alloh taologa şukrni doimiy yangilab turiş maʼnosi ham bor. Şukr qilgan bandaga esa Allohning Özi neʼmatlarini ziyoda qilib berişni vaʼda qilgan.

Taomdan keyin ikki qöl yuviladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam şunday qilganlar. Taomdan qolgan yuqlarini yuvib, ketkaziş yuksak odob namunasidir.

Taomdan keyin avval tiş tozalagiç ila tiş tozalanib, çiqqan ovqat qoldiqlari tuflab taşlanadi.

Söngra oğiz çayiladi. Agar tiş furşasi ila yuvilsa, yana ham yaxşi böladi.

Ovqatlanişning islomiy madaniyatiga köra har bir musulmondan taomdan keyin oğzini yaxşilab çayişi talab qilinadi. Bu işni Nabiy sollallohu alayhi vasallam qilganlari haqida rivoyatlar köp.

Taomni yomonlaş mutlaqo mumkin emas.

Har qanday halol taom banda uçun Alloh taoloning neʼmati hisoblanadi. Har qanday neʼmat uçun banda Alloh taologa şukr qilişi lozim. Faqat nonkör insongina şukr örniga taomni ayblaşga ötadi.

Abu Hurayra roziyallohu anhu dedi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam heç qaçon biror taomni ayblamasdilar. Agar iştahalari tortsa, yerdilar. Köngillari tusamasa, tark qilar edilar».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyat qilganlar.

Taomni dasturxonda tartib bilan tanovul qiliş yuksak odobdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimo şunday qilganlar. Sahobalarni, siz bilan biz ummatlarini ham şunday qilişga undaganlar.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek