Ramazon

15-mart, 25-kun: Safar odoblari

Matn15-mart, 2026, 17:432 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

15-mart, yakşanba (25-kun)
Iftorlik vaqti: 18:33 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

SAFAR ODOBLARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:

Maslahat qiliş.

Safarni niyat qilgan kişining bu borada ilmi va tajribasi bor kişilarning foydali maslahatlarini olişi öta muhimdir. Kimdan maslahat söralsa, kerakli maslahat va nasihatlarni taqdim qilişi talab etiladi.

Istixora qiliş.

Safarni niyat qilgan kişi ikki rakʼat istixora namozi öqib, oxirida uning duosini qiladi. Bu namozning birinçi rakʼatida Kafirun surasini, ikkinçi rakʼatida Ixlos surasini öqiş tavsiya etiladi. Keyin nimaga işora bölsa, öşani qilinadi. Yaʼni safarga işora bölsa, safar qiladi, bölmasa yölga çiqmaydi.

Tavba qiliş.

Safarni niyat qilgan kişi barça gunohlaridan tavba qiladi. Şunda safari yaxşi, köngilli böladi. Köngli ravşan holatda safar qiladi. Xususan, haj safarida bunga alohida ahamiyat beriş lozim.

Zulm qilgan narsalarini örniga qaytariş.

Birovga zulm qilgan bölsa, uni örniga qaytarişga harakat qilib, köngli jam böladi. Birovning dilini oğritgan bölsa, uzr söraydi.

Qarzlarini uziş.

Safarda kutilmagan holatlar bölişi ehtimolidan safarni niyat qilgan kişi birovlardan olgan qarzini uzib, söng otlanişi zarur. Agar özi qarzni uziş imkonini topa olmasa, bu işga vakil tayin qiladi.

Ota-onalarni rozi qiliş.

Safarni niyat qilgan kişi ota-onasini rozi qilişi ham safar odoblaridandir. Ota-ona esa bolasini farz hajni ado etiş safaridan man qilişi mumkin emas.

Jufti haloli va oila aʼzolarini rozi qiliş.

Safarni niyat qilgan erkak ayolini, farzandlari va qaramoğidagilarni rozi qiliş bilan birga, ularga yetarli nafaqani ham taʼminlab ketadi. Ayol erining roziligi bilangina safarga çiqadi. Erning ayoli bilan hajga borişi mustahabdir.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. 15-mart, 25-kun: Safar odoblari

    0 koʻrish2 daqiqa

  2. 14-mart, 24-kun: Internetdagi aloqa odoblari

    0 koʻrish3 daqiqa

Yana oʻqing