Ramazon

Ramazonning 26-kuni: Safar odoblari haqida

Matn16-mart, 2026, 04:502 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

16-mart, duşanba (26-kun)
Saharlik vaqti: 05:15
Iftorlik vaqti: 18:34 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

SAFAR ODOBLARI

Safarni niyat qilgan kişi xarajatining haloldan bölişini taʼminlaydi.

Safarni niyat qilganlar sarf-xarajatlariga möljallangan mablağning haloldan bölişini taʼminlaşlari kerak. Xususan, haj safarida bunga alohida eʼtibor beriş lozim.

Safarni niyat qilgan kişi ketadigan mablağ va narsalarni köproq olişi yaxşidir.

Safarda turli kutilmagan hodisalar bölişi ehtimoli bor. Özidan ortib qolganini ehson qiliş ham mumkin.

Safarni niyat qilgan kişi mablağ, oziq-ovqat va boşqa kerakli narsalarda şerik bölmagani yaxşi.

Çunki şeriklik narsa borasida safar davomida nizo çiqib qolguday bölsa, dilxiralikka sabab böladi.

Safarni niyat qilgan kişi kerakli narsalarni, xususan, haj safarini közlagan musofir haj amallarini yaxşilab örganib olişi kerak.

Kerakli narsalarni bilmasa, safaridan közlangan maqsadga erişişi qiyin bölişi yoki umuman maqsad hosil bölmasligi xavfi bor.

Safarni niyat qilgan kişi özi bilan hamroh (rafiq) olişi yaxşidir.

Hamrohning yaxşisini tanlaş kerak. Yaxşi hamroh unutganni eslatadi. Safar maşaqqatlarida yordam beradi. Safar davomida hamrohining roziligini topişga harakat qiladi. Öz hamrohida sodir bölgan baʼzi noqulayliklarga çidaydi. «Hamrohimning menda haqqi bor», deydi. «Mening hamrohimda haqqim bor», demaydi. Agar safardagi hamrohlar uç kişi va undan ziyod bölsa, biri rahbar qilib saylanadi. Qolganlari unga itoat qilişadi.

Imkoni bölsa, payşanba kuni safarga çiqiş mustahabdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam şunday qilganlar. Duşanba kuni safarga çiqiş ham yaxşi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam hijratga duşanba kuni çiqqanlar. Safar ertalab boşlangani afzal, çunki tong çoğida baraka bor.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek