Ramazonning 28-kuni: Matbuot va axborot vositalari odoblari
18-mart, çorşanba (28-kun)
Saharlik vaqti: 05:12
Iftorlik vaqti: 18:37 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
MATBUOT VA AXBOROT VOSITALARI ODOBLARI
Matbuot va axborot vositalari xodimlarining har biri taʼsir körsatuvçi şaxsdir.
Kim bölişidan qatʼi nazar, matbuot va axborot vositalari sohasida xizmat qiladigan şaxslar jamiyat va uning aʼzolariga taʼsir ötkazuvçilardir. Şuning uçun ularning barçasi yaxşilik tarafdori va yomonlik duşmani bölişlari lozim. Ular odamlarga yaxşilikni ravo körib, yomonlikni ravo körmasliklari kerak. Ular yaxşilik yölida kuraşib, yomonlikni rad qiliş harakatida bölişlari zarur.
Matbuot va axborot vositalari yaxşilikka çaqiriş vositalaridir.
Bugungi kunimizda matbuot va axborot vositalari öta taʼsirli taşviqot quroli ölaroq, keng jamoatçilikni, kattayu kiçikni yaxşilikka, xalqni birdamlikka çaqiriş vositasi bölişi kerak. Şuningdek, ovoz va surat, yozuv va körsatuv hamda boşqa vositalar orqali ilm-maʼrifat, odob-axloq tarqatiş omili bölişi lozim. Xuddi şu örinda yaxşilikka çaqiruvçi matbuot va axborot vositalari xodimlarining işlari öta savobli ekanining dalili sifatida bir hadisi şarifni keltirişga ijozat bergaysiz.
Abu Masʼud Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir yaxşilikka dalolat qilsa, unga qiluvçining ajri misliça (ajr) bor», dedilar».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Matbuot va axborot vositalari yomonlik va razolat vositasi bölmasligi kerak.
Matbuot va axborot vositalarining har bir vakilidan odamlarni zalolatga, yomonlikka, razolatga va gunoh işlarga çiqarmaslik talab etiladi. U zalolatga, yomonlikka daʼvat qilayotganlardan uzoqda bölsin, ularga xayrixohlik körsatmasin, odamlarni ham ulardan ehtiyot bölişga çaqirsin. Bölmasa, oqibati yaxşi bölmasligi muqarrar.
Matbuot va axborot vositalari vakili odamlarga taqdim qiladigan narsasining oqibati qanday bölişini yaxşilab tafakkur qilişi lozim.
U köringan va qöliga tuşgan narsani orqa-oldiga qaramay tarqatib yuboraverişi mumkin emas. Balki har bir narsani çuqur öylaşi, aql, odob-axloq, şariat tarozisiga solib körişi zarur. Har bir xabarni naql qilişdan oldin uni yaxşilab tekşirib, aniqlab olişi kerak.
Matbuot va axborot vositalari vakili turli bölmağur miş-mişlar, qabohatlar va behayo narsalarni tarqatişdan özini saqlaşi kerak.
Bunday narsalarni odamlar içida tarqatiş juda yomon iş hisoblanadi. Bu faoliyat şaxslarga va jamiyatlarga katta zarar yetkazadi. Şuning uçun ham bu narsa Qurʼoni karimda qattiq qoralangan.
Oila aʼzolarini matbuot va axborot vositalarining salbiy taʼsiridan himoya qiliş.
Musulmon inson matbuot va axborot vositalarining öz oilasiga körsatişi mumkin bölgan salbiy taʼsirini yaxşi bilib, uning oldini oliş uçun barça çoralarni köradi. Albatta, mazkur vositalarning odob-axloqni, fikrni va his-tuyğularni buzişi birinçi örinda turadi. Ammo şu bilan birga, bu vositalarga berilib, umrni behuda ötkaziş balosidan ham asraniş lozim. Hozirda bolalar, ayollar, hatto erkaklar ham kerakli işlar bilan maşğul bölmay, ertadan keçgaça televizor tagida, kompyuter oldida, boşqa matbuot va axborot vositalari iskanjasida aziz umrlarni behuda ötkazişga odatlanganlari sir emas. Bunday behuda işlarni iş joylarida ham davom ettiradiganlar yöq emas.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈



