24-fevral, seşanba (6-kun): Salomlaşiş odoblari
24-fevral, seşanba (6-kun)
Saharlik vaqti: 05:47
Iftorlik vaqti: 18:11 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
SALOMLAŞIŞ ODOBLARI
Haqiqatan, har bir ota-ona farzandiga tarbiya-odob berar ekan, eng avvalo salomlaşişni örgatadi.
Salom beriş Payğambar alayhissalomning körsatmalari (sunnat), unga alik oliş esa Alloh taoloning buyruği (farz) hisoblanadi.
🔹 Şarqona salomlaşişning eng goʼzal odoblari quyidagilar:
• Oqil va odobli kişi döstlari va yaqinlari bilan uçraşganda, odamlar oldidan ötayotib, biror majlis yoki jamoat joyiga kirganda, «Assalomu alaykum», deb salom berişi zarur;
• Salomni yanada töliq va maʼnodor qiliş uçun «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh», yaʼni «Sizga tinçlik-omonlik, Allohning rahmati va barakoti bölsin», deyiladi;
• Alik oliş ham salomga yaraşa çiroyli va mukammal bölişi kerak;
• Har bir kişi öz xonadoniga kirganda ham oila aʼzolariga salom beradi;
• Salom töliq, sözlarini buzmay, odob bilan beriladi, u «salom», «somalaykum» (maʼnosi: sizga ölim bölsin), «salom berdik», «privet», «xayrli kun» kabi buzuq şakllarda bölmasligi lozim;
• Ulov (ot, eşak, maşina kabilar)dagi kişi — piyodaga, piyoda ketayotgan odam — ötirganga, ozçilik — köpçilikka, kiçiklar — kattalarga, yuqori mavqedagi kişi pastroq mavqedagi odamga birinçi bölib salom beradi;
• Köpçilik ötirgan joy yoki izdihomga kirib borgan kişi bir odamni xoslamay, hammaga salom beradi, ammo ötirganlarning içidan bir kişi alik olsa kifoya qiladi. Salom berilsayu, ammo biror kişi ham alik olmasa, ötirganlarning hammasi farzni tark qilgan gunohkorlardan böladi;
• Haddan taşqari engaşib, yerga bukilib salom beriş odobimizda man etilgan. Xiyol egilib salom beriş mumkin;
• Notaniş kişilarga, yoş bolalarga ham salom beriladi;
• Agar biror kişi birov orqali sizga salom aytib yuborgan bölsa, buning javobini («Assalomu alayka va alayhi», deb) darhol qaytarişingiz lozim;
• Salom maktub orqali yuborilgan bölsa, dilingizda yoki xat orqali yozma ravişda «Vaalaykum assalom», deyiladi;
• Salomga alik oliş maqbul bölmagan örinlarda salom beriş makruh sanaladi. Qurʼon öqiyotganga, namoz öqiyotganga, azon yoki takbir aytayotganga, hammomda yuvinayotgan kişiga, hojatxonada ötirganga, nomahram ayollarga, oğzida taom bölgan kişiga, uxlayotganga, duo, xutba öqiyotganga, hajda «Labbayka» aytayotgan ehromli kişiga salom berib bölmaydi;
• Qöl berib körişganda, kaftni kaftga qöyib, ikki qöllab körişiladi, uzrli holatlardagina bir qöllab körişsa böladi;
• Uzoq körişmaganda yoki yaqin kişilarnikiga mehmonga borganda, erkaklarning quçoqlaşib körişişlari maqbul. Bunda bir-birini avval öng kökrakka, keyin çap kökrakka bosiladi. Söngra qöl berişib, hol-ahvol söraladi.
Ammo ayrim kişilar örtasida urfga kirganidek, oğiz-burun öpişib körişiş odobimizga mutlaqo ziddir. Köp zamonlar körişmaganda peşona yoki boşdan öpsa böladi.
• Olimlar, fazilatli kişilar, uluğ ustozlarning qölidan öpiş mumkin. Yoş bolalarni bağriga bosib, erkalatib, peşona yoki boşidan öpsa böladi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 9 Telegram Stars


