Ramazonning 17-kuni: Naqliyot vositalari odoblari
7-mart, şanba (17-kun)
Saharlik vaqti: 05:31
Iftorlik vaqti: 18:24 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
NAQLIYOT VOSITALARI ODOBLARI
Naqliyot (transport) vositalari Alloh taoloning bandalariga bergan neʼmatlaridan hisoblanadi. Alloh taoloning kalomi Qurʼoni karimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida va şariatimiz taʼlimotlarida bu mavzuga oid bir qança maʼlumotlar kelgani dinimizda bu vositalarga qançalar eʼtibor berilganining dalilidir.
Şuningdek, Alloh taolo inson uçun suvda çökmaydigan turli vositalarni yaratib, ularga maʼlum şakllarni berişni odamlarga ilhom etib, dengizlarda suzib yuradigan kemalarni Özi joriy qilgan qonun-qoidalar asosida harakatlanadigan etib qöydi. Bu ham Allohning Odam bolasini azizu mukarram qilganidandir.
Alloh taolo Isro surasida marhamat qiladi:
«Robbingiz Uning fazlidan talab qilişingiz uçun dengizda kemani yurgizib qöygan Zotdir. Albatta, U sizga öta rahmlidir» (66-oyat).
Naqliyot vositalaridan foydalaniş odoblari bir neça qismga bölinadi.
Naqliyot vositasi halol yöl bilan qölga kiritilgan bölişi kerak.
Boşqaça qilib aytganda, ulov öz puliga sotib olingan, egasi rozi bölib bergan yoki uni haydovçilik işiga olgan şaxs yoki muassasa ruxsat bergan bölişi lozim.
Naqliyot vositasini haydaşdan maqsad şariat ruxsat bergan iş bölişi lozim.
Bunda harom-hariş, duşmançilik, buzğunçilik, gunoh işlarni qiliş niyati bölmasligi kerak.
Naqliyot vositasi rasmiy texnik körikdan ötgan bölişi lozim.
Bu iş haydovçining özi va boşqa insonlar salomatligi hamda naqliyot vositasi talofatga uçramasligi uçun zarurdir.
Naqliyot vositasini boşqarişda yöl harakati qoidalariga rioya qiliş.
Yöl harakati qoidalariga rioya qilmaslik kişilarga, molu mulkka zarar yetkazişi mumkin. Öziga va özgalarga zarar yetkaziş esa Islomda harom qilingan.
Naqliyot vositasini sotib olişda niyatni yaxşi qiliş.
Bunda mazkur vositani sotib olişda Alloh taoloning ibodatiga, yaxşi, savobli işlarga, oila va yaqinlarning xizmatiga işlataman, degan goʼzal niyatni qiliş kerak. Şunda naqliyot sotib olgan kişi savob ham oladi, maqsadiga ham erişadi.
Naqliyot vositasini sotib olayotganda foydalisini, yaxşisini, tejamlisini sotib oliş kerak.
Manmanlik, maqtaniş va odamlarga köz-köz qiliş kabi şariatga xilof niyat va amallarni közlamaslik lozim.
Naqliyot vositasini Alloh taoloning neʼmati deb biliş va uning şukrini qiliş zarur.
Zotan, musulmon insonga yetgan har bir yaxşi narsa Alloh taoloning neʼmatidir. Naqliyot vositasi ham öşa neʼmatlardan biridir. Bu neʼmatning şukri uni töğri yölda işlatiş bilan yuzaga keladi.
Naqliyot vositasini pokiza, yaroqli va bölar-bölmasga urintirmagan holda tutiş.
Şunda mazkur vosita köpga yetadi, uning xizmatidan unumli foydalaniladi. Aks holda, u tezda yaroqsiz holga kelişi, egasi undan mahrum bölişi mumkin.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 12 Telegram Stars

