Ramazon

15-mart, 25-kun: Safar odoblari

Matn15-mart, 2026, 05:142 daqiqa0 koʻrish

15-mart, yakşanba (25-kun)
Saharlik vaqti: 05:17
Iftorlik vaqti: 18:33 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

SAFAR ODOBLARI

Safar insonning vatanidan yoki yaşab turgan joyidan çiqib, uzoq masofani bosib ötişidir. Aslida bu muboh iş, ammo niyat bilan ibodat darajasiga kötarilişi mumkin.

Azaldan ajdodlarimiz safar qilişga tarğib etişgan. Çunki safarning salomatlikka, köngildagi ğuborlarni ketkazişga foydasi bor. Safar asosan haj-umra qiliş, ilm oliş, tijorat, nafs riyozati, köngil yoziş, sayr-tomoşa, ustozlar va uluğlarni ziyorat qiliş va boşqa maqsadlarda qilinadi.

Safarga çiqiş oldidan nima maqsadda safar qilinayotgani köpçilik bilan kengaşib aniqlanadi, yaxşi axloqli hamroh (yöldoş, hamsafar) tanlanadi, yölda unga muruvvat körsatib, haqqi ado etiladi. Safardoşlarning qiliqlariga, feʼl-atvoriga çidaş, ular bilan xuşmuomalada böliş, safar ozuqasini birga baham köriş ham safar odoblariga kiradi. Kişilarga malol kelmaydigan va gunoh bölmaydigan darajada hazil-mutoyiba qilib turiş safar maşaqqatlarini yengillaştiradi.

Köpçilik yoki bir jamoa safarga çiqqanida, hamsafarlar içlaridan fazilatli, olim kişini, bunday odam bölmasa, himmatli va tadbirli kişini özlariga rahbar qilib saylab olişadi va butun safar davomida unga böysunişadi. Hamrohlariga şafqatli bölib, xizmatlarini qiliş, ularga buyruqbozlik qilmaslik va hukmini ötkazmaslik ana şu rahbarning odobidir.

Yölda zaif, notavon, bemor kişilarga yordam körsatiladi, holidan, non-suvidan xabardor bölib turiladi, xizmatga buyursa, darrov bajariladi, ularni yölda taşlab ketilmaydi.
Agar maşina yoki aravada yölga çiqiladigan bölsa, haydovçi bilan kelişilganidan ortiqça yuk olinmaydi, yuk uning iştirokida ortiladi, kirakaşlarning qöpolligi va yomon feʼliga sabr qilinadi, yaxşi ulovga minganda kekkayib ketilmaydi.

Umuman aytganda, safar aniq maqsadni közlagan holda bölişi kerak. Maqsadining tayini yöq, behudaga vaqt, mol va kuç sarflaş uçun böladigan safarning boridan yöği yaxşi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek