14-mart, 24-kun: Internetdagi aloqa odoblari
14-mart, şanba (24-kun)
Saharlik vaqti: 05:19
Iftorlik vaqti: 18:32 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
INTERNETDAGI ALOQA ODOBLARI
Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişda musulmon insonning öziga taqvoni, yaxşilikni va goʼzal xulqni lozim tutişi talab etiladi.
Mömin-musulmon banda barça odamlar bilan husni xulq ila muomalada bölişi kerak.
Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişda nomahramlar masalasida juda ehtiyot böliş kerak.
Bu narsada ehtiyot bölinmagani uçun, juda köp muammolar kelib çiqmoqda. Ayrim yigit-qizlarning internet orqali muloqotda noşarʼiy aloqalarga ötib ketayotganlari kuzatilmoqda. Şuningdek, internet aloqasidagi tuşunmovçiliklar yoki odobdan çekinişlar oqibatida oilali kişilar orasida ajralişgaça yetib borilmoqda.
Nomahramlar bir-birlari bilan şariat böyiça oddiy holatlarda özlarini qanday tutişsa, internetda ham şunday yöl tutişlari kerak.
Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişda iş aynan internet orqali nikohlanişgaça yetib bormasligi kerak.
Baʼzi odamlar turli sabablarga köra, telefon yoki internet orqali şarʼiy aqdi nikoh qilişni (bizdagi nikoh öqitişni) özlariga ravo körişmoqda. Baʼzilar esa bu işning şariatda joiz yoki joiz emasligini söraşadi. Yana birlari bu işni amalga oşirganlari haqida xabar berişadi. Uşbu masalada ulamolar orasida ham bir oz ixtilof bor. Ammo köpçilik yangi aloqa vositalari, jumladan, internet orqali nikohlanişga ruxsat bermaydi. Ular bunda nikohning şartlari, jumladan, guvohlar mavjud bölmasligini dalil qilişadi. Yana ham çuqurroq ketganlar esa: «Hamma şartlar mavjud bölsa ham, mazkur vositalar ila nikoh öqitiş durust emas, çunki bu iş nikohning muqaddasligiga putur yetkazadi», deyişadi. Ular Alloh taolo ijob va qabulni, guvohlar hozir bölişini va boşqa şartlarni bejizga joriy qilmaganini aytişadi.
Internet orqali özgalar bilan aloqa qilişda yolğon işlatmaslik, soxtakorlik ila uydirma xabarlar, suratlar va videolavhalar tarqatmaslik talab etiladi.
Internetdagi imkoniyatlar köpayib ketganini baʼzilar suiisteʼmol qilişga ötişgan, yolğon xabarlar, suratlar va videolavhalar tarqatişga odatlanişgan. Bunda öz maqsadiga erişiş ham, odamlarni mayna qiliş ham, yaxşilikka çaqiriş niyati ham bölişi mumkin. Ammo nima bölganda ham, buni qilmaslik kerak. Islomda bu kabi işlar qattiq qoralanadi.
Misol uçun, Qurʼoni karimni behurmat qilgani uçun qiyofasi öta jirkanç holatga özgarib qoldi, deya bir qizning surati eʼlon qilindi. Bunday bölişi mumkin emas. Ehtimol, bu narsa sodda odamlarga taʼsir qilişi mumkin. Lekin Qurʼoni karim bu kabi «yordam»larga muhtoj emas.
Şuning uçun ham soxtakorlik ila töqilgan mazkur xabar ulamolar tomonidan qoralandi. Qurʼoni karimni ehtirom qiliş kerakligini öz yöli bilan tuşuntiriş lozim.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

