13-mart, 23-kun: Internet odoblari
13-mart, juma (23-kun)
Saharlik vaqti: 05:21
Iftorlik vaqti: 18:31 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
INTERNET ODOBLARI
Internetda köriladigan, öqiladigan va eşitiladigan narsalarning barçasi şariat ruxsat bergan narsalar bölişi şart.
Zotan, musulmon insonning hamma yerda, barça zamonlarda va barça vaziyatlarda qiladigan gap-sözlariyu, iş va faoliyati şariatga muvofiq bölişi talab etiladi.
Ammo, ming afsuslar bölsinki, saytga kiradigan baʼzi odamlar hayotda özlariga ravo körmaydigan narsalarni saytda bemalol ep körişadi. Ular özlariça, «bu iş hayotdagi saviyada emas-ku», degan xayolga borişlari mumkin. Aslida esa bu noşarʼiy işlarni saytda öziga ravo körganlarning axloqiy saviyasida nuqson bor. Hayotda odamlar uni körib-bilib turgani uçun, özgalar gapirmasin deya özini yomonlikdan tiygan böladi. Saytda esa odamlar körmaydi ham, bilmaydi ham. Buning ustiga, saytda ismini ham özgartirib, tamoman biror kişi tanimaydigan bölib oladi. Demak, uning şariat talablariga amal qilişi xöjakoʼrsinga, töğriroq aytganda, munofiqlikka asoslangan böladi.
Şuning uçun ham saytga kirgan har bir inson özining musulmonlik burçini unutmasligi kerak. Odamlar körmasa ham, Alloh taolo körib turganini esdan çiqarmaslik lozim. Odamlar bilmasa ham, Alloh taolo bilib turganini muntazam his etib turiş zarur.
Sayt egalarining maʼnaviy-maʼrifiy huquqlariga töla rioya qiliş çin musulmonlik burçidir.
Bunga pul tölab kiriş lozim bölgan saytlarga haq tölamasdan, öğrinça kiriş, köçirib olişga ruxsat berilmagan narsalarni köçirib oliş, köçirib olinganda manba körsatilişi lozim bölganida, körsatmaslik kabi işlar kiradi. Bu kabi işlarning barçasi gunohdir. Çunki bu birovning maʼrifiy-maʼnaviy mulkini talon-taroj qilişdan iboratdir. Boşqaça qilib aytganda, maʼrifiy-maʼnaviy öğrilik va qaroqçilikdir. Bunday işlar harom ekaniga ulamolar bir ovozdan fatvolar çiqarişgan.
Işxona yoki boşqa biror şaxsning internetidan ruxsatsiz foydalaniş mumkin emas.
Baʼzi kişilar işxonaning internetidan öz şaxsiy manfaatlari uçun foydalanişni özlariga ep körişadi. Bunda ikki taraflama mulohaza qilinadigan iş sodir böladi. Bir tarafdan — işxonaning internetga tölaydigan mablaği şaxsiy manfaat uçun sarflanadi. Ikkinçi tarafdan — işxonaning işini bajariş örniga iş vaqtida öz manfaatini közlab, masʼuliyatdan qoçiş yuz beradi. Boşqa odamning internetidan foydalaniş borasida ham şunga öxşaş gapni aytiş mumkin. Şuning uçun ulardan faqat haq egasining ruxsati bilan va zarurat yuzasidangina foydalaniş mumkin. Dam oliş tanaffusida kerakli maʼlumotni oliş, elektron poçtani tekşirib köriş kabilarga ruxsat beriladi.
Bolalarning internet va kompyuterdan foydalanişini oqilona va eʼtibor bilan yölga qöyiş kerak.
Avvalo, bola ota-onasi va kattalarning ruxsatisiz internet va kompyuterdan foydalanmasin. Bolalarni bunday paytlarda qarovsiz qoldirmaslik, nazardan qoçirmaslik lozim. Ular foydalanadigan jihozlar hammaning köz öngida turadigan bölsin. Yöqsa, közni şamğalat qilib, istalmagan, buzuq yoki befoyda narsalarga özlarini urişlari mumkin.
Bolalarning internet va kompyuterda öynaydigan öyinlari zehnni çarxlaydigan, maʼrifiy foyda beradigan, odob-axloqqa çorlaydigan bölişi çorasini köriş lozim. Bolalarning vaqti zoye bölmasligi haqida muntazam boş qotiriş ham esdan çiqmasligi lozim.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈


