12-mart, payşanba (22-kun): Uyali telefonda suhbatdoşga nisbatan odoblar
12-mart, payşanba (22-kun)
Saharlik vaqti: 05:22
Iftorlik vaqti: 18:30 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
UYALI TELEFONDA SUHBATDOŞGA NISBATAN ODOBLAR
Uyali aloqa vositasida sözlaşiş davomida kavşanib turiş ötaketgan beodoblikdir.
Bu beodoblik bölişi bilan birga, suhbatdoşga nisbatan hurmatsizlik hamdir. Qolaversa, bu iş suhbatdoşning köngliga oğir botişi, asabiga tegib, ozor berişi aniq.
Telefonda ovozini soxtalaştirib gapiriş yoki yolğon xatlar yozib, özgalarni masxara qiliş mumkin emas.
Bu kabi hatti-harakatlar, kişilarni masxara qiliş musulmon insonga mutlaqo töğri kelmaydi.
Özaro sözlaşuvni tamomlagaç, goʼzal sözlar va ezgu tilaklar bilan xayrlaşiş kerak.
Zotan, har bir muloqotdan keyin goʼzal tarzda xayrlaşiş musulmon millatining odatidir.
Birovning telefon raqamini özining ruxsatisiz boşqalarga bermaslik talab etiladi.
Çunki bu ham omonatga xiyonatdir. Buning ustiga, bilmay raqamni egasiga duşman bölgan yoki yoqmaydigan odamga berib qöyiş mumkin.
Qönğiroq bölgan paytda javob bera olmagan kişi imkon topgan zahoti unga javob qaytarişi lozim.
Çunki boğlanmoqçi bölgan odam biror zarur hojat bilan qönğiroq qilgan yoki biror muşkulotga tuşgan bölişi mumkin.
Öziga kelgan har qanday xatni boşqalarga tarqataveriş mumkin emas.
Baʼzan islomiy iboralar aralaşgan maktub keladi. Unda «Bu xatni şu keçaning özida falonça kişiga tarqatişingiz kerak, şunda undoq böladi, bundoq böladi, agar qilmasangiz, bunday böladi, unday böladi», kabi gaplar yozilgan böladi. Allohning huzuridagi falonça savobni sizga özlariça vaʼda qilişadi. Aslida, bu narsalarning bari yolğon böladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kişiga gunoh uçun eşitgan har narsasini gapirmoqning özi kifoya qiladi», dedilar.
Abu Dovud va Muslim rivoyat qilganlar.
Kişilarga uyali aloqa vositasi orqali xat yozişda ham odob-axloq, şariat çegaralariga rioya qiliş lozim.
Uyatsiz, behuda, noşarʼiy gap-sözlar yozilsa, gunoh bölişini unutmaslik kerak. Zero, oğzaki nutq bilan yozma nutqning hukmi barobardir.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars

