Ramazon

20-kun: Uyali telefon odoblari

Matn10-mart, 2026, 05:073 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

10-mart, seşanba (20-kun)
Saharlik vaqti: 05:26
Iftorlik vaqti: 18:28 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

UYALI TELEFON ODOBLARI

Ajanabiy tildan olingan «telefon» sözi ovozni uzoq masofaga uzatiş maʼnosini bildiradi. Avvallari bu maqsadga möljallangan asboblar bölmagan. Keyinçalik ilmning rivojlanişi natijasida ovoz uzatiş asboblari ixtiro qilindi va ulardan boşqalar qatori musulmonlar ham foydalana boşladilar. Telefon aloqasi va texnikasi rivojlana borib, bu sohada misli körilmagan taraqqiyotga erişildi. Oxiri kelib bizda «uyali telefon» deb nomlanayotgan, boşqa xalqlarda «çöntak telefoni», «qöl telefoni», «harakatlanuvçi telefon» kabi turli nomlar bilan atalayotgan telefon turi keng tarqaldi. Hozirga kelib, moslama nafaqat ovozni uzoq masofaga uzatiş vositasi, balki surat va videotasvirga tuşiriş, ularni boşqalarga yuboriş, ovoz yoziş, qisqa maktublar (SMS) yuboriş, internetga kiriş kabi bir qança işlarni amalga oşiriş vositasiga aylanib qoldi.

Albatta, bu narsalarni tartibga soliş, telefon orqali böladigan aloqalarning meʼyori va odoblarini bayon qiliş zarurati tuğildi. Ammo bu iş bilan deyarli heç bir odam yoki guruh jiddiy şuğullanmayotir. Muammolar esa borgan sari köpayib bormoqda.

***

...Masjidda maʼruza qilişga tayyorlanayotgan edim. Şunda bir guruh yoşlar mendan oldin qöllariga telefonlarini olib, suratga olişni boşlab yuborişdi. Ulardan baʼzilari boşqa namozxonlarning yelkalari oşa, turtib-surtib oldinga ötişga intilişmoqda. Boşqa birlari çökkalab olişgan. Uçinçi toifasi esa ötirgan joyida böynini çözib, qölidagi telefonini baland kötarib turişibdi. Otaxonlar bezovta bölişmoqda, asabiylaşişmoqda. Baʼzilari haligi yigitlarni tartibga çaqirib, ötirişga çorlaşdi. Eng asosiysi, surat va ovozni yozmoqçi bölayotgan yoşlar na masjid imomidan, na mendan ruxsat söraşni xayollariga ham keltirişmagan edi. Ularning fikriça, suratga yoki ovoz yozişga şaylangan kişi hammadan yuqori turadi, unga birov xalaqit bermasligi ham farz, ham vojib...

Musulmonlarga, namozxon kişilarga şu iş munosibmi? Yöq! Bu iş musulmonlarga mutlaqo yaraşmaydigan öta odobsizlikdir! Musulmon inson Alloh taoloning uyi bölmiş masjidda suratga oliş, ovoz yoziş bilan ovora bölmasligi, odob bilan maʼruza eşitişi kerak. Boşqa namozxonlarga, maʼruzaçiga xalaqit bermasligi lozim.

***

...Bir odamning marosimidamiz. Töyga kelganlar uçun keng joyga dasturxon tuzalgan. Biz ötirgan çorpoya atrofini köp sonli «telefonçilar» örab olib, surat olişni va ovoz yozişni boşlab yuborgan. Boşqa mehmonlar tösilib qolganlari sababli, tik turib, böyin çözişmoqda yoki «telefonçilar»ni «Ötir-ötir», deb tartibga çaqirişmoqda. «Telefonçilar» esa bunga parvo ham qilmay, öz faoliyatlarini davom ettiriş, bir-birlarini itariş-turtiş bilan ovoralar. Ularning fikri-zikri – beodoblik bilan yozgan narsalarini telefon orqali tezroq boşqalarga yuborib, şuhrat qozoniş, maqtaniş...

Musulmon mehmonlarga şu iş munosibmi? Yöq! Bu iş mehmonlarga mutlaqo munosib emas. Mehmon degan odam özi uçun körsatilgan joyda odob bilan ötirişi lozim. Izn söramasdan, birovni suratga olmasligi va ovozini yozmasligi kerak. Eng asosiysi, boşqa mehmonlarni bezovta qilmaslik lozim.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek