Erondan Özbekistonga «kislotali yomğirlar» kirib kelayotgani haqidagi xabarlar inkor qilindi

Matn9-mart, 2026, 15:491 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⛈️ Erondan Özbekistonga “kislotali yomğirlar” kirib kelayotgani haqidagi xabarlar inkor qilindi

“Özgidromet”ning maʼlum qilişiça, bunday xabarlar ilmiy jihatdan asoslanmagan.

Kislotali yoğinlar atmosferada oltingugurt oksidlari (SO₂) va azot oksidlari (NO₂) uzoq vaqt davomida töplanib, bulutlarda suv buği bilan kimyoviy reaksiyaga kirişişi natijasida hosil böladi. Bunday jarayonlar asosan yirik sanoat hududlari va töğridan-töğri çiqindi manbalari yaqinida kuzatiladi.

Havo massalari uzoq masofalarga köçişi jarayonida ifloslantiruvçi moddalar yiğindisi atmosferadagi turbulentlik, vertikal aralaşiş, quruq va nam çökiş jarayonlari taʼsirida keskin kamayadi. Şu sababli manbadan minglab kilometr uzoqlikda xavfli darajadagi kislotali yoğinlar şakllanişi deyarli mumkin emas.

Bundan taşqari, yoğinlarning hosil bölişi mahalliy bulut hosil böliş jarayonlari bilan boğliq bölib, yoğinlar asosan hudud ustidagi atmosferada mavjud bölgan suv buği va aerozollar hisobiga şakllanadi.

Meteorologik kuzatuvlar va atmosfera havosi sifati monitoringi maʼlumotlariga köra, kislotali bulutlarning Özbekiston va qöşni davlatlar hududiga köçib kelişi xavfi kuzatilmayapti.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek