Ramazon

Uyali telefonning jamoatçilikka nisbatan odoblari

Matn11-mart, 2026, 05:062 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

11-mart, çorşanba (21-kun)
Saharlik vaqti: 05:24
Iftorlik vaqti: 18:29 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

UYALI TELEFONNING JAMOATÇILIKKA NISBATAN ODOBLARI

Masjidlar, jamoat yiğinlari va qabul çoğlari hamda ilmiy majlisga öxşaş joylarda uyali aloqa jihozini öçirib qöyiş talab etiladi.

Çunki qönğiroq ovozi masjidlarda namozxonlarning ibodatiga putur yetkazadi, namozning asosi bölgan xuşu‘-xuzuʼni barbod qiladi, majlislarda sözlovçiga ham, tinglovçiga ham xalaqit beradi, ilmdan çalğitişga, muhtaram kişilarni behurmat qilişga sabab böladi.

Jamoatçilik yiğinlarida va qabul çoğlari hamda ilmiy majlisga öxşaş joylarda uyali aloqa jihozini öynab yoki qölda aylantirib ötiriş beodoblikdir.

Suhbat va majlislarda birovga qönğiroq qiliş, birovlarning qönğiroqlarini qabul qiliş odobdan emas.

Zarurat bölgan taqdirda, suhbatdagilardan uzr söragan holda, imkoni bölsa, taşqariga çiqib gaplaşiş kerak. Taşqariga çiqişda ham majlisdoşlardan ruxsat söraş lozim. Ammo aralaş suhbat örinlarida, bemalol joylarda bölsa, boşqa gap.

Uyali aloqa telefonida suhbatlaşişda ovozni keragidan ortiq kötarmaslik zarur.

Xususan, köpçilik orasida bölganda bu odobga qattiq rioya qiliş lozim.

Alloh taolo Luqmon surasida marhamat qiladi:

«...va ovozingni pasaytir. Çunki ovozlarning eng yomoni eşakning ovozidir» (19-oyat).

Baʼzilar eʼtiborsizlik oqibatida telefonda gaplaşganda, ovozini baland kötarişga örganib qolişgan. Bu köpçilikka, hatto telefonda u bilan gaplaşayotgan şaxsga ham malol kelişini esdan çiqarmaslik kerak.

Uyali aloqa jihoziga çalinganda atrofdagi kişilarga malollik keltiradigan musiqa yoki tovuşlarni qönğiroq sifatida örnatmaslik odobdandir.

Baʼzi kişilar odamlarni ajablantiriş, özini körsatiş maqsadida kişilarni çöçitib yuboradigan, qöpol, yomon taʼsir qiladigan va malol keladigan ovozlarni örnatib olişadi. Albatta, bunday iş obrö keltirmaydi. Qöl telefonlaridagi qönğiroq örnida xizmat qiladigan ovozlar telefon egasining didi, madaniyati va odobining ölçovidir desak, mubolağa qilmagan bölamiz.

Uyali aloqa vositasi imkon qadar suhbatni tezroq tamomlaşga harakat qiliş ham odobdandir.

Aks holda, suhbatdoşga ozor berilgan, vaqti öğirlangan böladi. U şoşilib turgan yoki boşqa biror işi bölişi mumkin.

Uyali aloqa vositasi orqali suhbatlaşayotganda hurmatli va eʼzozlaş lozim bölgan kişi kelib qolsa, suhbatdoşga uzr aytib, haligi insonga yuzlanişingiz zarur.

Avval ham aytib ötilganidek, közi köziga tuşib turgan kişi uzoqda turgan kişidan köra muomalaga haqlidir.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 13 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek