10-mart, 20-kun: Uyali aloqa vositasiga oid odoblar
10-mart, seşanba (20-kun)
Iftorlik vaqti: 18:28 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
UYALI ALOQA VOSITASIGA OID ODOBLAR
Telefon sotib olişda uni yaxşiliklarga, dunyo va oxirat uçun manfaatli narsalarga işlatiş niyatini qiliş kerak.
Ana öşanda undan barça narsalar barobarida foydalaniladi va unga qöşimça ravişda yaxşi niyat uçun savob ham olinadi.
Uyali aloqa jihozining öz ehtiyojiga yaraşasini olişi kerak.
Çunki ehtiyojdan taşqari narsaga mol-pul sarf qiliş isrofdir. Isrofgarçilik esa haromdir.
Bu işda ham Islomning barça işlardagi şiori bölmiş mötadillikka amal qilib, örtaça iş tutgan afzaldir.
Uyali aloqa vositasi oynasiga Alloh lafzini va Qurʼoni karim oyatlarini qöymaslik odobdandir.
Bu işni qiliş esa mazkur narsalarga nisbatan behurmatlikka olib borişi mumkin. Çunki uşbu muqaddas lafzlar oynada oçiq turgan holda telefonni betahorat uşlaş, u bilan noloyiq joylarga kiriş joiz sanalmaydi. Uning oynasi qopqoği yopilgaçgina, jihozni betahorat uşlaş mumkin. Öşa muqaddas narsalar telefon oynasida körinib turgan holatda qoğozda turganidek hukmda böladi. Demak, u bilan tahoratxona yoki hammom kabi joylarga kiriş mumkin emas.
Uyali aloqa jihozining qönğiroq tovuşlariga Qurʼon oyati, azon yoki Allohning zikrlarini qöyiş mumkin emas.
Zero, Qurʼon uni öqiş, butun vujud bilan tinglaş, maʼnolarini tafakkur qilib, körsatmalariga amal qiliş uçun Alloh taolo tomonidan nozil qilingan muqaddas Kalomdir. Şunday ekan, unga şu maqsadlarga muvofiq tarzda munosabatda böliş vojibdir. Qurʼon musiqa yoki qönğiroq örnida işlatilişi uçun nozil qilingan emas.
Azon esa Islomning şior-nişonlaridandir. U musulmonlarni ibodatga çorlaş uçun joriy qilingan ibodatdir. Azon kabi boşqa zikrlarni ham qönğiroq örnida işlatiş mumkin emas.
Uyali aloqa jihoziga Islomda tinglaş yoki tomoşa qiliş man qilingan narsalarni joylaştiriş haromdir.
Agar bunday narsalarni jihozni işlab çiqaruvçi korxona-taşkilot kiritib qöygan bölsa, ularni darhol öçirib taşlaş lozim. Zotan, öşa taraf şu usul bilan ham odamlarni buzişga, ular orasida buzuqlikni tarqatişga harakat qiladi.
Uyali aloqa vositasi özgaga tegişli bölsa, uning ruxsatisiz oliş, undan birovga qönğiroq qiliş, uning içidagi narsalarni oçib köriş mutlaqo mumkin emas.
Bunday qilinganda, özgalarning sirlariga, yaşirilişi lozim bölgan narsalariga tajovuz qilingan böladi. Bu albatta, katta xiyonatdir. Xiyonat esa haromdir.
Uyali aloqa jihozi bilan özining ruxsatisiz birovni suratga oliş yoki ovozini yoziş mutlaqo mumkin emas.
Çunki bu josuslikdir, xiyonatdir. Agar öşa narsa boşqalarga ham tarqatilsa, bundan-da ulkan xiyonat, gunohi azim bölişi muqarrar.
Bolalarga uyali aloqa jihozini olib berişga şoşilmaslik, olib berganda ham, faqat zarurat yuzasidan işlatilişini yölga qöyiş lozim.
Köproq bolalarning qayerdaligini bilib turiş, baʼzi işlarga çorlaş maqsadida uyali aloqa jihozi ularda ham zaruratga aylanib qolişi mumkin. Bu holda ularga faqat gaplaşiş imkonini beradigan jihoz olib beriş kerak. Boşqa amaliyotlarni bajariş, misol uçun, qisqa maktub yuboriş va qabul qiliş, surat oliş, ovoz yoziş, internetga kiriş kabilarni aralaştirmaslik muvofiqdir. Şu bilan birga, bolalarning jihozlarini nazorat qilib, içidagilarini tez-tez tekşirib turiş kerak.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


