Ramazon

Ramazonning 27-kuni: Safar odoblari va musofir duosi

Matn17-mart, 2026, 04:292 daqiqa0 koʻrish

17-mart, seşanba (27-kun)
Saharlik vaqti: 05:14
Iftorlik vaqti: 18:35 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

SAFAR ODOBLARI

Safarda hoyu-havasga, maişatbozlikka berilmaslik ham tarğib qilingan odoblardandir.

Musofir odam kamtarlikni yanada oşirişi lozim. Ortiqça töyib ketmasligi, ovqatning yaxşisi ketidan quvmasligi, dabdabaga berilmasligi, duç kelgan dökon yoki oşxonaga boş suqavermasligi kerak.

Musofir kişi muomalada muloyim va husni xulqli bölişi lozim.

Musofirning qöpol bölişi, kişilar bilan talaşib-tortişişi, janjal qilişi töğri kelmaydi. Xususan, haj safarida bunga alohida eʼtibor beriş kerak böladi.

Musofir yöl davomida balandlikka kötarilayotganda takbir aytib, pastlikka tuşayotganda esa, ovozini kötarmay tasbeh aytib boradi.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam şunday qilganlar.

Musofir biror qişloq yoki şaharni körganda, «Allohim! Sendan uning yaxşiligini va uning uçun qilingan narsaning yaxşiligini sörayman. Sendan uning yomonligidan va uning uçun qilingan narsaning yomonligidan panoh sörayman», degan duoni öqiydi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam şunday qilar edilar.

Musofir bir manzilga tuşganda, «Allohning tugal kalimalari ila U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh sörayman» degan duoni öqiydi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam öz hadislarida şuni tavsiya qilganlar.

Musofir yukini tuşirayotganda ham tasbeh aytadi.

Sahobai kiromlar şunday qilganlar.

Musofir turli holatlarga xos duolarni, umumiy duolarni qilişi yaxşidir.

Çunki musofirning duosi mustajobdir (maqbuldir).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Uç duo mustajobdir, ularda şak yöq: ota-onaning duosi, musofirning duosi va mazlumning duosi», dedilar».

Abu Dovud, Ahmad va Termiziy rivoyat qilganlar.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Qadr keçasida xatmonalar

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Ramazonning 26-kuni: Safar odoblari va duolari

    0 koʻrish3 daqiqa

Yana oʻqing