Ramazon

22-fevral, yakşanba (4-kun): Sökiş, aççiq-tiziq gapiriş va masxara qiliş

Matn22-fevral, 2026, 05:012 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

22-fevral, yakşanba (4-kun)
Saharlik vaqti: 05:50
Iftorlik vaqti: 18:09 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

SÖKIŞ VA AÇÇIQ-TIZIQ GAPIRIŞ

Rost bölsa ham aççiq-tiziq va uyatsiz gaplarni gapiriş, sökiniş ham şariatimizda qattiq qoralangan. Sökiş qabih sanalgan narsani oçiq-oydin sözlar bilan ifodalaşdir. Aççiq-tiziq va kesatiş sözlari rost bölsa ham, nutqdagi fahş va qabihlikdan boşqa narsa emas.

Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmonni sökiş fosiqlikdir. U bilan uruşiş kufrdir», dedilar».

Ikki şayx va Termiziy rivoyat qilganlar.

Şuning uçun ham musulmon kişi zinhor va zinhor birovni sökmasligi, xunuk sözlarni oğziga olmasligi kerak. Bunday şarmandalik va odobsizlikning yaqiniga ham yölamaslik zarur.

MASXARA VA ISTEHZO

Masxara qiliş birovni pastga uriş va xorlaş yöli ila kulgiga olişdir. Gohida gap va amalga taqlid qiliş, imo işora bilan yoki laqab qöyiş bilan ham masxara yuzaga kelişi mumkin.

Qurʼoni Karimda şunday zikr etiladi:
«Ey iymon keltirganlar, bir qavm boşqasini masxara qilmasin, ehtimol, ular bulardan yaxşiroqdir. Va ayollar ham boşqa ayollarni (masxara qilmasinlar), ehtimol, ular bulardan yaxşiroqdir. Va özingizni özingiz mazax qilmang, bir-biringizga laqab qöymang»
(Hujurot surasi, 11-oyat).

Albatta, özgalarni masxara qiliş, odamlarga istehzo bilan sözlab, ularga ozor beriş yomon odat bölib, jamiyat aʼzolari örtasidagi özaro aloqalarning buzilişiga sabab böladi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 10 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek