JŞŞIR nima va uni qanday aniqlaş mumkin
JŞŞIR nima va uni qanday aniqlaş mumkin?
Bugun - 1-noyabrdan boşlab Özbekistonda mobil telefonlar hamda sim-karta solinadigan planşetlarning IMEI-kodi maxsus tizimdan röyxatdan ötkazilmasa, 30 kundan söng işlamay qoladi.
Agar telefon maxsus tizimdan röyxatdan ötmagan bölsa, unda 1170 qisqa raqamidan ogohlantiruvçi SMS kelayotgan ekan (surat pastda). Ogohlantiriş maktubida telefonni röyxatdan ötkaziş uçun IMEI-kod, JŞŞIR, pasport seriya va raqamini 1170 raqamiga SMS orqali yuboriş söralgan.
Pasport seriya va raqami tuşunarli. Telefon yoki planşetning IMEI-kodini esa *#06# kombinatsiyasini terib, aniqlaş mumkin.
Xöş, JŞŞIR nima? Va uni qanday aniqlaş mumkin?
JŞŞIR – jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsion raqami bölib, u har bir fuqaroning pasportida yozilgan böladi. Pasportni yangisiga almaştirsangiz ham, seriya va raqam özgarişi mumkin, ammo JŞŞIR özgarmaydi.
Uni aniqlaş juda oson. Quyida körsatilgan surat orqali pasportingizdan 14 ta raqamni toping, ana şu Sizning JŞŞIRingiz böladi. Köpçilik bilmasligi mumkin, jamğarib boriladigan pensiya daftarçasi (INPS) raqami ham aynan JŞŞIR bilan bir xil böladi. Yaʼni kimdir Sizdan INPS raqamingizni sörab qolsa, «pensiya daftarçam qayerda edi-ya» deb qidirib yurmang, pasportingizga qarab aytsangiz ham bölaveradi.
Şuningdek, IMEI-kodni faqat 1170 raqamiga SMS yozib röyxatdan ötkaziş şartmas. Istasangiz uzimei.uz saytiga kirib, osongina röyxatdan ötkazişingiz ham mumkin. Aytgança, saytga kirişlar soni bugun keskin oşib ketdi va www.uz reytingi böyiça özbek saytlari orasida 5-öringa çiqib oldi.
❗️1-dekabrgaça IMEI-kodni röyxatdan ötkaziş bepul. 1-dekabrdan boşlab esa 30 kun içida röyxatdan ötkazsa 44 ming söm, 30 kundan keyin röyxatdan ötkazsa 55 ming söm tölov olinadi.
Qöşimça maʼlumot:
INPS va INN raqamlarini internetdan qanday biliş mumkin?
👉 @xushnudbek 👈
