Yiğiliş va majlislar keskin kamaytiriladi
Yiğiliş va majlislar keskin kamaytiriladi
Boş vazir Abdulla Aripov tomonidan 24-avgust kuni imzolangan şoşilinç topşiriqqa binoan quyidagilar belgilandi:
Majlisbozlik böyiça
Yiğilişlarni keskin kamaytiriş va grafik-reja asosida haftasiga 2-3 tadan köp ötkazilişiga yöl qöymaslik;
yiğiliş ötkaziş vaqtini respublika darajasida 2 soatdan, viloyat, şahar va tumanlar darajasida 1-1,5 soatdan oşirmaslik;
kunning noqulay paytlarida (yaʼni tong saharlab yoki yarim keçada) yiğilişlar ötkazişni qatʼiyan çeklaş hamda yiğilişga bevosita aloqasi bölmagan korxonalar, idoralar va jamoat taşkilotlarinyng rahbar va xodimlarini, fermer va tadbirkorlarni umuman taklif etmaslik;
olis hududdagi rahbar va xodimlarni mahalliy hokimliklarda ötkaziladigan majlislarga asossiz va behuda çaqirmaslik, şuningdek, sözga çiquvçilar uçun aniq vaqt reglamenti 5-7 daqiqadan oşmasligini nazorat qilinişi zarurligini belgilaş;
yiğilişlarga puxta tayyorgarlik köriş, respublika va viloyat darajasida ötkaziladigan yiğilişlarni aksariyat hollarda video- va audioselektor körinişida ötkaziş, tuman (şahar) darajasidagi yiğilişlarni esa asosan joylarga çiqqan holda, korxona va taşkilotlar, fermer xöjaliklari va mahallalarda ötkazişni taşkil etiş topşiriği berildi.
Xizmat safarlari böyiça
Respublika markaziy idoralaridan turli komissiyalar va işçi guruhlarning hududlarga yuborilişiga ruxsat faqatgina Hukumat (kompleks) rahbari tomonidan tizim asosida amalga oşirilişi joriy etiladi va xizmat safarlarining natijadorligi alohida nazoratga olinadi.
Ortiqça qoğozbozlik böyiça
Ortiqça qoğozbozlikka keskin çek qöyiş, şu jumladan quyi idoralardan va mahalliy hokimliklardan heç kimga keragi bölmagan maʼlumotlar va hisobotlarni talab qiliş amaliyotiga qatʼiyan barham beriladi.
Selektorlar böyiça
Vazirlar Mahkamasida selektor yiğilişlari faqat Özbekiston Respublikasi Boş vazirining ruxsati bilan taşkil etiladi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek


