Öqituvçilarning tibbiy körigidagi muammolar
Öqituvçilarning tibbiy körigi haqida
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida bir neça bor öqituvçilarning tibbiy körikdan ötiş çoğida çiqimdor bölmasligi haqida maʼlumot berildi.
Adliya vazirligi aytadiki, tibbiy körikdan ötiş munosabati bilan xodimdan pul undirilişi mumkin emas, şuningdek tibbiy köriklarni ötkaziş vaqtida xodimning iş joyi (lavozimi) va örtaça oylik iş haqi saqlanadi.
Ha, töğri, amaldagi mehnat qonunçiligi böyiça şunaqa. Lekin amaldaçi? Nima uçun amalda öqituvçilar yoki iş beruvçi öz hisobidan majburiy tibbiy körikdan ötkazişi kerak bölgan boşqa xodimlardan haligaça tibbiy körik uçun pul olinadi?
Javobi oddiy: çunki moliya bölimlari budjet taşkilotlarining smetasini tasdiqlayotganda tibbiy körik uçun pul ajratmaydi! Byudjetdan pul ajratilmagandan keyin maktab direktorlari nima qilsin, yonidan tölasinmi şunça pulni?
Adliya vazirligi haqiqatdan şu masalaga kirişib, aholining huquqiy ongini oşirişni maqsad qilgan ekan, unda oxirigaça olib borişi kerak.
Amalda qonunlar nima uçun bajarilmayotganining sabablarini aniqlab, şunga qarşi kuraşgan yanada foydaliroq bölardi. Şunçaki savol-javoblar bilan biror natijaga erişiş qiyin. Öqituvçilarning huquqiy ongi öta yuksalib, "men öz yonimdan pul tölamayman" degan bilan muammo yeçilmaydi. Direktor ham bilganingni qil, deydi. Natijada tibbiy köriklar ötkazilmaydi xolos. Şumi yeçim?
Bu yerda ikkita savolga javob topiş kerak:
1) Nima uçun moliya bölimlari budjet taşkilotlari smetasiga majburiy tibbiy köriklar uçun pul ajratmaydi?
2) Agar pul ajratilsa, unda nima uçun haligaça köp joylarda xodimlarning öz puliga tibbiy körikdan ötkazişadi? Budjet pullarini maqsadli sarflanmayotganligi yuzasidan kimdir javob berişi kerakku axir.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek


