Xushnudbek YouTube kanalida obunaçilar bilan suhbat
YouTube'dagi jonli efirda kanal obunaçilari bilan ham suhbat uyuştirmoqçi ekanligimni aytgandim.
Va kiçik tanlov ham ötkazgandik. Eng köp layk yiqqan izoh mualliflari bilan suhbatlaşdik. Ular quyidagilar:
Sarvinoz Ahmedova - Şahrisabz şahridan, jurnalist va tarixçi, 35 yoş;
Bobur Abduhalilov - Sirdaryodan, Belarusning Minsk şahrida IT yönalişi böyiça magistr, 26 yoş;
Jasur Azizov - Farğonadan, Rossiyaning Qozon şahrida turizm yönalişida talaba, 20 yoş;
Abdulaziz Abbasov - Toşkent şahridan, Zarafşon şahridagi maktab öquvçisi, 17 yoş.
Biz pandemiya, jurnalistika, taʼlim tizimidagi muammolar, Rossiya va Belurasda öqiş jarayonlari, öqişni xorijdan köçirib keliş, Özbekistonda rivojlantirişimiz kerak bölgan sohalar va yana köplab qiziqarli mavzularda suhbatlaşdik. Körişni tavsiya qilaman.
Suhbatni tomoşa qiliş:
❗️Diqqat, tanlov!
Keyingi suhbatdoşimiz Siz bölişingiz ham mumkin. Buning uçun quyidagi şartlarni bajarişingiz kerak:
1) YouTube kanalimizga obuna böling (youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev);
2) Uşbu video ostiga istalgan mavzuda izoh qoldiring (youtu.be/5TLKnkSHhbY). Izohda "şu kommentga layk bosing" degan çaqiriqlar yozilişi mumkin emas;
3) Eng köp layk yiqqan 4 nafar muştariy keyingi Zoom-suhbat iştirokçisiga aylanadi. Avvalgi suhbatda qatnaşganlar natijasi hisobga olinmaydi.
Barçaga omad tilayman!
👉 @xushnudbek 👈


