Xalqaro plastik kartalar va bank xizmatlaridagi özgarişlar
Xalqaro plastik kartalari haqida
Yodimda, bundan 3 yil oldin bir döstim xorijiy safarga çiqdi. U paytlarda hali valyuta konvertatsiyasi islohoti amalga oşirilmagan, dollar otliqqa yöq zamonlar. Bir amallab 2 ming AQŞ dollarini davlat kursida (yaʼni köçadan 2 barobarga arzonroq) xalqaro plastik kartasiga tuşiriş mumkin edi. U ham faqat xaridlar uçun bölardi, naqd yeçmoqçi bölsangiz, kuniga 100 dollarlik limit qöyilgandi. Özbekistonda bankdan naqd dollar olişningku, mutlaqo iloji yöq edi. Faqat qora bozordan olinardi.
Xullas, rasmiy delegatsiya bölgani uçun bankdagi taniş-bilişlarni örtaga tiqib, amal-taqal qilib, plastikka 2 ming AQŞ dollari tuşirdik. Şunda ham pul tezda tuşmadi. 2-3 kunda körinadi deyişdi. Ha, unda bemalol ulgurar ekanman, deb xotirjam böldi döstim. Safarga ketdi. Borsa plastikka haliyam pul tuşmagan. Menga telefon qildi. Men bankka telefon qildim. Bank bir balolar dedi, xullas yana 2 kun içida pul körinmadi. Köringandan keyin ham köp joylarda öşa Visa karta işlamadi. Xullas, döstim rosa xunobi çiqib qaytib kelgandi safardan.
Hozir köz tegmasin, holat yaxşi tomonga keskin özgargan. 19-asrdan birdaniga 21-asrga ötib qolganga öxşaymiz göyo. Haliyam idealmasu, lekin ançayin qulay. Şaxsan özim «InfinBank»dan Visa hamda UnionPay xalqaro plastik kartalarini oçganman (ikkalasining hisobi bir). Ikkalasini oçiş uçun taxminan 50 ming sömça pul tölaganmidim, aniq esimda yöq. Uşbu kartalar bilan nafaqat xorijga çiqqanda, balki özimizda ham internet-dökon yoki onlayn-servislarda tölovlarni amalga oşirişingiz mumkin.
Kartaga pul tuşiriş ham osondan-oson. Istang bank filiallarida pul tuşirasiz, istang bankning mobil ilovasi orqali sömdagi plastigingizga onlayn konvertatsiya qilib, pul taşlaşingiz mumkin. Hisobingizda öşa zahoti körinadi.
Masalan, keça bir xaridni amalga oşiriş çoğida kassada pul yetmay qoldi. Vaziyatdan çiqiş uçun tezda InfinBank mobil ilovasiga kirib, söm plastigimdan Visa kartaga 9480 sömdan onlayn konvertatsiya qilib, AQŞ dollari taşladim. Garçi söm plastigim boşqa bankda bölsa ham, xizmat uçun qöşimça haq olişmadi. Tuşgan mablağ öşa zahoti hisobimda körindi va tölovni amalga oşira oldim. Bularning barçasi kassirning oldida 1 daqiqa içida böldi ))
Bu faqat InfinBank xizmatlari emas albatta, valyuta siyosati erkinligining, umumiy bank tizimining evaziga şunaqa bölyapti. Şunçaki özim foydalanadigan bankni misol qilib keltirdim xolos.
Lekin yana bir gap. Safardagi şerigimizning bir davlat bankidan olingan Visa xalqaro plastik kartasi işlamay qoldi. 2 kunça oldin dökondan köp narsalarni tanlab, kassaga borganda işlamay xijolat qildi. Yaxşiki gap dökon haqida ketayotgandi, agar öta ekstremal vaziyatda işlamay qolsa, mijoz juda qiyin ahvolga tuşib qolişi mumkin. Bank nomini aytsam, xuddi Nozim Safariga öxşab meni ham «bu postni qora kuçlar uyuştirgan» deb gazetaga rasmim bilan çiqarib yuborişmasin )) Yaxşisi öşa bank rahbariyatining öziga bu haqida albatta bildirib qöyamiz.
Şunaqa gaplar.
👉 @xushnudbek 👈
