Alişer Saʼdullayev taʼlimdagi muammolar böyiça murojaat qildi

Matn25-iyun, 2018, 11:013 daqiqa0 koʻrish

​​Xalq taʼlimi vaziri örinbosari Alişer Saʼdullayev Feysbuk sahifasi orqali bir qator savollar bilan murojaat qilib çiqmoqda. U öz postlarini raqamlaşiga qaraganda, bu kabi turkum savollar hali yana davom etsa kerak.

Xususan, u quyidagi 3 ta savol bilan murojaat qildi:

№1: Xalq taʼlimi tizimi hokimiyatdan ajralişi kerak. Hokimiyat taʼlimga aralaşmasa, qanday özgarişlar bölişi mumkin?

№2: Xususiy maktablar faoliyatini rivojlantiriş kerakmi yoki..?

№3: Majburiy obunani ham tugatişimiz kerak! Sizdan qanday gazeta va jurnallarga majburiy obuna bölişni söraşadi? Taʼlimga oidmi şu obunalar?

Köp izohlar qoldirilmoqda, lekin barçasi ham mavzuga oid emas. Asosan umumiy gaplar. Ayrimlar vazir örinbosariga piçing qilişni, uni yerga urişga harakat qilişni, uning xatosini topişga harakat qilişni ham esdan çiqarmagan. Odatiy kasalimiz...

Masalan, majburiy obunaga oid savolga 100 dan ortiq izoh qoldirilgan bölsa, şundan erinmasdan sanab çiqdim - atigi 5 tagi aniq misol aytilgan. Qolgani majburiy obuna yomonligi, uni yöqotiş kerakligi, yana ayrimlari hattoki majburiy obuna kerakligi (gazetada işlaydi, menimça), boşqalari esa holat haqida umumiy maʼlumotlar tarzida kelgan.

Konkret ravişda falon maktabdan falon gazetaga falon sömdan obuna böldik, deganlarni uçratib bölmadi.

Gazeta nomi aniq sanalgan 5 ta izohlar quyidagiça:

№1: Obuna boliş şart bölgan gazeta va jurnallar maktablarga
1.xalq taʼlimi axboroti
2.xalq sözi
3.narodnoye slova
4.murabbiy
5.mahorat maktabi
6.oila davrasida
7.maktab va hayot
8.viloyat hokimyatining gazetasi
9.tuman hokimiyatining gazetasi
10.maʼrifat va h.k

№2: Asaka hayoti, Xalq sözi

№3: Qöqon DPIda talabalar majburan 60 ming sömdan köproqqa yillik obuna bölamiz. Bu gazetalar adabiyot, reklamaga oid, xalq sözi kabilardan iborat. Qölga yetib keladi yiliga 3 marta köpi bilan. Viloyatdan vakil kelganda şu mavzuni kötargandik heç yöq birorta ingliz tilidagi gazeta jurnallarga obuna bölaylik deb. Mustaqil işlarimizda case study kabilarda foydalangani ingliz tilidan internetdan maqola topib yozişga majbur bölamiz.

№4: Bizda masalan Repititor gazetasi majburiy. Bu gazeta 1oyda 1marta beriladi kamida 30ta bolaga 2ta. Obuna narxi 5000söm. Köp bolalar öqiy olmaydi, bu gazetani va bizning öqituvçilarimizda ham şunday muammolar bor.

№5: Bir tiyinga qimmat "Soliq info"

Şuningdek, aniq gazeta nomi sanalmasdan, umumiy maʼlumotlar ham mavjud, jumladan:

- Farğona viloyati ÖZBEKISTON TUMANIDA HAMMA MAKTABLARDA BIR OYLIK IŞ HAQIMIZDAN 20% TÖLAŞGA MAJBURLAŞADI. TUŞGAN PULLARGA «REJANI» bajarişadi.

- Mana şu yil uçun 475 ming söm qaytarişdi obunaga, bir oiladan ikki kişi işlaymiz bir maktabda. Insof ham kerak-ku...

- Eng yomon bir gazetaning 2 tilda çiqadiganiga obuna bölişni soraşadi. Bir xil maʼlumotga 2 barobar pul tolaş yoqimsiz. Ayniqsa har daqiqada Internet naşrlaridan xabar öqib turganda

- Eng kamida har yili kuzda oylikning 15-20% uşlanadi, eng yomoni siz öşa gazeta jurnalni özingiz tanlab obuna böliş imkoningiz yöq. Umumiy maktab uçun Rayono har bir gazeta jurnal sonini belgilab beradi, öşa miqdorga yetgunça jamoadan pul uşlab qolinaveradi, kelgan gazetalar kutubxonada çang bosib qolib ketadi, heç kim qiziqib öqimaydi ham, (mabodo biron kişini maqolasi qaysidir gazetada çiqqan bölsa mustasno). Bu obuna mavsumining orqasida katta moliyaviy öyin va kimlardir katta foydalanişi haqida köp eşitganmiz, lekin pulini maktab öqituvçisi va xattoki qorovulgaça tölaydi.

- Oyligim boşqalarga nisbatan köproq bölgani uçun har yili obuna qiymati 200 mingdan köproğiga obuna bölaman. Uzoq tortişuvlardan söng nomini ham sörab ötirmayman. Çunki direktorning bermayman degan sözimga “beçora” holi axiyri rahmimni keltiradi. Bu yil xalq taʼlimidan ketdim, qolganlarga sabr-u toqat.

Xullas, şunaqa gaplar bölyapti Feysbukda.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek