Maktablarda boş kiyim kiyiş erkinligi haqida
Tasavvur qiling, Sizni qöşma korxona rahbari etib tayinlaşdi. Işçilarning asosiy qismi özbeklar, qolgani boşqa millatga mansub mutaxassislar.
Kunlarning birida katta loyihani muvaffaqityali yakunlaganingiz munosabati bilan barça işçilarni eng körkam restoranlardan biriga keçki ovqatga taklif qildingiz.
Ofitsiant buyurtma olgani keldi. Dastlab hamma öz taʼbiga köra, ovqat aytişni boşladi: kimdir mastava, kimdir norin, kimdir kabob va h.k.
5 nafar özga millat vakillari esa çöçqa göştidan steyk buyurtma qilişdi.
Şu payt birdan öylab qoldingiz, çöçqa göşti yeyayotgan kam sonli işçilaringiz qolganlar orasida özini noqulay his qilişi mumkin-ku! Şu xayollar bilan tezda qaror qabul qildingiz – ofitsiantni yoningizga çaqirib, barçaga çöçqa göştidan taom buyurtma berdingiz. Barçaga! Bir xil! Bu qaroringizga “ijtimoiy adolatni taʼminlaş maqsadida” deya izoh berdingiz.
Şu töğri qarormi? Hammaga özi xohlamagan ovqatni yeyişga majbur qilib ijtimoiy adolatni taʼminlamoqçimisiz? Bu şunçaki taom emas, balki diniy eʼtiqod bilan boğliq ekanligini bila turib ham Siz şu antiqa qaroringizdan xursand bölasizmi?
Haqiqiy erkinlik bu özing xohlagan taomni buyurtma qila olişing yoki umuman ovqat yemasligingdir, lekin eʼtiqodinga töğri kelmaydigan taomni majburan yeyişing zinhor erkinlik emas. Işçilaringizga xohlasa tovuq, xohlasa mol, xohlasa çöçqa göştidan taom yeyişga şaroit yaratib beriş va ularga qarşi çiqmasligingiz Sizning ijtimoiy adolatingizdir. Faqat şu, tamom.
Özgalarning huquqini çeklaş asosida qolganlarga huquq yaratib beriş bilan iş bitmaydi. Çunki huquqi çeklanganlar ham jamiyatning teng huquqli aʼzosi ekanligi unutmaslik kerak.
Maktablarda boş kiyim bilan boğliq holatda ham mening pozitsiyam şunday – boş kiyim kiyiş yoki kiymaslik bu erkin tanlov bölişi lozim. Barçaga döppi kiyişni majburiy qiliş qay darajada mantiqsiz qaror bölsa, barçadan boş yalang yurişni talab qiliş ham şunday mantiqsiz.
Boş kiyimning hijob kabi diniy eʼtiqod bilan çambarças boğliq qismini bir çetga qöya turaylik. Mayli, kimlardir diniy libos deya maʼmuriy javobgarlik haqida oğzidan tupugini soçgani bilan, aslida hijob diniy libos emasligini köpçiligimiz yaxşi bilamiz.
Umuman mazkur masalaga diniy bağrikenglik va eʼtiqod erkinligi rakursi bilan qaramaganda ham mantiqsiz ekanligini köriş mumkin.
Masalan, maktab davrimizni yaxşi eslayman, 5 yoki 6-sinfligimizda uyida quriliş bölayotgan sinfdoş qizimizning boşiga böyoq tökilib ketgan va soçini tagidan qirib olib taşlaşga majbur bölgandi. Öşanda toki soçi qayta ösib çiqqungaça römol örab kelgan. Römol örab keluvçi boşqa qizlar ham bölgani uçun eʼtibor qilmaganmiz, lekin bir marta nimadir bölib boşidan römoli tuşib ketganda kalligini körib rosa ustidan kulganimiz esimda. Endi hozirgi qaror böyiça şunaqa vaziyatlarda öşa qiz har kuni kulgu bölişi kerakmi yoki 2-3 oy maktabga kelmasligini xohlayapsizmi?
Töğri yurtimizda hamma aholi ham kundalik döppi kiymasligi, römol öramaydi, lekin biror yaqini vafot etsa, bizda deyarli hamma erkaklar döppi kiyadi, ayollar esa römol öraydi. Aytaylik, ota-onasi vafot etgan maktab öquvçisi örnatilişi taklif qilingan yangi tartib tufayli şu işni qila olmaydimi endi?
Faqatgina birgina holatda men bunday taqiq qöyilişiga roziman, u ham bölsa özgalarga halaqit beruvçi, özgalarning diqqatini tortib, çalğituvçi "modniy" boş kiyimlar, masalan, katta sambrero, jimjimador yaltiroq şlyapalar, silindr, yirtiq-yamoq kepka va beysbolkalar, çögirma telpaklar va h.k.larni kiyişga ruxsat berilmasligini tuşunsa böladi. Özi şundoq ham maktablarda bunga ruxsat yöq va heç kim bunga erkinliklarning buzilişi sifatida qaramaydi, hamma normal qabul qiladi. Lekin römol, hijob, döppi kabilarni ham umumiy röyxatga qöşib yuboriş nima uçun noroziliklarga sabab bölayotganini juda yaxşi bilib turibmizku.
Xullas, gapirsa gap köp. Dinga bölgan munosabatingiz öz yöliga, şunçaki dunyoviy, huquqiy va mantiqiy tomondan öylaganda ham mazkur taqiq notöğri ekanligini tuşunib olsangiz böldi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 3

