Umra safarida internet va aloqa böyiça tavsiyalar

Matn15-aprel, 2022, 11:552 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Umra safari: internet va aloqa

Safar davomida ziyoratçilarga aloqa kerak böladi. Yaqinlari bilan suhbatlaşiş, guruhdagilar bir-birini topa olişi, ellikboşilar tomonidan aytiladigan turli yangilik va eslatmalardan xabardor bölib turiş, iş zaruriyati va h.k.

Mehmonxonalarda Wi-Fi tizimi işlab turadi va hatto özbekistonlik ziyoratçilar uçun alohida «uzbek» degan promo-kod joriy qilingan.

Aloqaga kelsak, şaxsan men Uzmobile roumingidan foydalandim. Kiriş va çiqiş 1 daqiqasi 4 ming sömdan. Sim-karta almaştiriş şartmas, Zain aloqa kompaniyasi xizmat körsatadi. Ammo yaxşisi mobil internet olinsa, rouming şart bölmaydi. Çunki hozir internet orqali Telegram, Imo, Skype kabi ilovalari bilan bemalol telefon qilib, gaplaşsa böladi.

Uzmobile’da Haj va Umra uçun maxsus rouming internet paketlari ham bor ekan. 6 GB internet 700 ming söm. Olib işlatib kördim, tavsiya qilmayman. Juda sekin.

Undan köra, mehmonxonadan taşqarida mobil internet işlatiş uçun mahalliy kompaniyalardan sim-karta olgan maʼqul. Madinada pokistonlik yigitlar mehmonxona oldida sim-karta sotadi. Lekin ular qimmat. 25 dollardan 40 dollargaça.

Aslida kompaniyaning kiçik ofislari va filiallaridan olinsa, ança arzon böladi. 10-15 dollarga 10 GB va undan köp internet beradi. Zain, Mobily, Etisalat va boşqa aloqa kompaniyalari 5G internet taqdim etadi. Şuningdek, mahalliy qönğiroqlar uçun ham daqiqa beradi.

XULOSA: agar sizga faqat uydagilar bilan gaplaşiş kerak bölsa, unda mehmonxonadagi Wi-Fi interneti bemalol yetadi. Tezligi yaxşi.

Agar mehmonxonadan taşqarida ham internet kerak bölsa, unda mahalliy biror operatordan 10-15 dollar atrofida sim-karta olganingiz maʼqul.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1226
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek