ÖFAning Samvel Babayan haqidagi qarorlari tanqid qilindi
Özbek futbolidagi aqlga siğmaydigan tuturuqsiz qarorlar haqida
Bugun ÖFA degan taşkilot bir qiziq bayonot bilan çiqdi. U şunçalik qiziqki, Samvel Babayanning futbolga qaytişi bilan boğliq savollarga «1 gramm» mantiqiy javob bera olgani yöq, aksinça yangi savollarni paydo qildi.
ÖFA bayonotida şunday deyiladi:
«...Aynan mana şu sörovlarga asosan 2018-yilning 15-yanvar kuni Samvel Babayanga nisbatan Özbekiston futbol assotsiatsiyasi iş oçdi hamda mazkur iş yakuniga qadar ÖFA Ijroqömi murabbiyni futboldan çetlatdi».
Iya, tovba. Aytilyaptiki, Babayan öşa paytda unga nisbatan oçilgan iş yakuniga qadar futboldan çetlatilgan ekan. Endi ötgan yili ÖFA rasmiy saytida çiqqan boşqa bir xabardan parçaga diqqat qilamiz:
«Özbekiston milliy terma jamoasi sobiq boş murabbiyi Samvel Babayan ÖFF Ijroiya Qömitasi Byurosining 2018-yil 15-yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan şuğullanişdan umrbod çetlaştirildi».
Qaysi biriga işonaylik? Diskvalifikatsiya umrbodmidi yoki iş yakuniga qadar? Har qanaqasiga ham ÖFA qayerdadir yolğon gapiryapti. Yoki hozir, yoki ötgan yili. Xullas, xalqni aldagani rost, faqat qaçonligini aniq bilmadim.
Bugungi bayonotni davom ettiramiz:
«Biroq keyinçalik ÖFA Ijroqömiga “Bunyodkor” futbol klubi nomidan bildirgi taqdim etilib, Babayandan diskvalifikatsiyani olib taşlaş söralgan...
...Şu tariqa Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan oçilgan iş 2018-yilning 1-fevral kuni yopildi hamda Samvel Babayanning diskvalifikatsiyasi bekor qilindi».
Demak, ÖFA öşa paytda «Babayan umrbod futboldan çetlatildi» deya populistik xabar çiqarganu, ammo 15 kundan keyin özi çiqargan qarorni bekor qilgan ekanda? «Umrbod çetlatiş» ÖFA uçun atigi 15 kun ekan, qoyil.
Boşqa savol: xöp, mayli, katta ketilgan gapni qaytib olib, 15 kundan keyin Babayandan taqiq olib taşlangan ham deylik, unda nimaga bu haqida heç qanday xabar berilmagan? Nimaga xalq bu haqida oradan 1 yil ötib xabar topyapti? Buni aytişga or qilişganmikin? Unda hozirçi, or qilişmayaptimi? )) Bu savolga ham tayinli javob bera olişmasa kerak.
Bayonot quyidagi aççiq kinoya bilan yakunlanadi:
«ÖFA bundan buyon Samvel Babayan Özbekistonning heç qaysi terma jamoasida faoliyat yuritişiga yöl qöymaydi. Qöşimçasiga, keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan “Lokomotiv” futbol klubining qaroriga ham qarşilik körsatmaydi».
Qiziq, juda qiziq. Mana şu band köp narsani aytib turibdi. Demak, taxmin qilsak, ÖFA rahbariyati haligaça Babayanni körgani közi yöq, uning futbolga qaytişidan umuman manfaatdormas. Ayniqsa terma jamoalarga mutlaqo yaqinlaştirişmoqçi emas. Ammo qandaydir «yuqori kuçlar» bosimi ostida bunga qarşilik qila olişmaganiga şaʼma qilayotgandek göyo. Demak, ÖFA Babayanning futbolga qaytişidan köproq “Lokomotiv” klubi va uning atrofidagi “katta odamlar” köproq manfaatdorligiga işora qilayotgandek tuyuldi menga.
Unda boşqa savol: hozir "Lokomotiv"ga qaytişiga qarşilik qila olmagan ÖFA, ertaga mabodo "tepadan" milliy terma jamoaga ham Babayan qöyilişi haqida topşiriq bölib qolsa, unga ham qarşilik qila olmas ekanda? Öşançun ham xalqimiz bekorga aytmagan: "Nonni katta tişlasang ham, gapni katta gapirma" deb. Bu ayni ÖFAga tegişli.
Özbek futbolidan har narsani kutsa böladi.
Qiziq-a, “Bunyodkor” kafil bölib, xat yozadi, lekin Babayan “Lokomotiv”ga işga kiradi )))
Demak, öşa “Bunyodkor” yozgan xat ham aslida “zakaz”ga yozilgan ekanda?! Prezident qilayotgan keçirimlilik siyosatini rökaç qilib yozilgan xatdan “Bunyodkor” ham heç qanday manfaatdor bölmagani körinib turibdi. Hammasi oldindan rejalaştirilgan “öyin” ekanligiga şubham yöq.
Mayli, nima ham derdik. Oh, desangiz ham, voh, desangiz ham, Babayan “Lokomotiv”da iş boşladi. Keçirimli bölsak, bölibmizda, bizdan nima ketdi.
«Kunimiz kinnaçilarga qolgan, Şahnoza...» ©
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

