Budjet yöqolişi töğrisidagi feyk xabarlar rad etildi

Matn27-fevral, 2019, 11:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Budjet yöqolişi töğrisidagi feyk xabarlar haqida

Oramizda sodda va işonuvçan odamlar köp. Tabiiyki, bunday şaroitda feyk (yolğon) xabarlar ham köp tarqatiladi. Çunki xabarning rost-yolğonligini mustaqil tekşirib körişni biladigan va özi tahlil qilib, töğri xulosa çiqara oladigan insonlar kamligi sababli, feyk xabarlarning umri uzoq böladi.

Çunki odamlar “eşitdingmi?” deya bir-biriga yuborişga qiziqadi. “Hoy, axir bu yolğonku, yolğon xabarni birovga yuboriş ham şart emas” deyişmaydi.

Yaqinda şunaqa yana bitta soxta xabar çiqdi, emişki Prezident farmon çiqarib, davlat granti asosida öqişga qabul qilişni butunlay bekor qilibdi, hozir byudjetda öqiyotganlarni ham kontraktga ötkazibdi. Xususan, Telegramda aylanib yurgan soxta farmon matnida quyidagiça sözlar ham bor:

«2.Hozirda byudjetda tahsil olayotgan talabalar bundan buyog'iga 100% to'lov-kontrakt tizimiga o'tkazilsin va o'tgan yillardagi to'lanmagan kontraktlarni 1 oy muhlat ichida 2 barobar miqdorda naqd pul ko'rinishida to'lashlari ta'minlansin;
3.Byudjetdagi talabalar shu muhlat ichida kontraktlarni to'lashmasa, qayta tiklanmaydigan va boshqa OTM lar qabul qilmaydigan qilib talabalar safidan chiqarilsin va kontraktlari uy-joy yoki mashina kabi mulklar hisobidan undirib olinsin.
4.Belgilab qo'yilsinki, byudjetdagi talabalarga barcha tadbir, hashar va shu kabi jamoat ishlarida qatnashish majburiyati yuklatilsin.
»

Xullas, qaysidir vijdonsiz tomonidan odamlar orasida vahima qözğaş uçun qasddan töqilgan yolğon xabar bu (unga bundan nima foyda ekan, hayronman).

Şu xabarlar tarqagandan keyin, köpçilik menga maktub yozib, şuning rost-yolğonligini söradi. Nima emiş, bu xabarni öqib, byudjetdagi talabalar va ularning ota-onalari xavotirga tuşib qolişganmiş. Ey, Xudoyimey...

Bunaqa yolğon xabarlarga işonmang. Boşqa izoh ortiqça.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek